Tushda yara

tushda yara

Tushda yara

Tushda yara – Ibn Sirinning aytishicha, har kim tushida badanida yara borligini, unda yiring to’planganini ko’rsa, yiring miqdoricha, mol to’planishiga dalildir. Buning aksini ko’rsa, moliga nuqson etishini bildiradi.

Tushida yarasidan yiring oqib chiqib, yana joyiga qaytib o’rnayotganini ko’rsa, molining nuqson topishini, oqibatda joyiga kelishini bildiradi.

Kirmoniy aytadiki, tushida yaradagi yiringni so’rib olib, iste’mol qilayotganini ko’rsa, harom mol eyishiga dalildir. Umuman, tanada yig’ilgan yiring yig’ilgan molni bildiradi.

Ibn Sirin aytadiki, tushida badanidan yiring oqib chiqsa, moliga nuqson etishi, yig’ilsa, mol yig’ilishini bildiradi.

Jobir Mag’ribiy aytadiki, tushida boshidan oyog’igacha yara bo’lganini ko’rsa, g’amu anduhni bildiradi.

YaRAShMOQ (OShTIY KARDAN) – Ibn Sirinning aytishicha, tushida yarashganini ko’rsa, umri uzun bo’lishiga dalildir.

Agar yarashuvda bir kishini dinni buzish sari targ’ib qilganini ko’rsa, uni yaxshi ishlarga va din yo’liga targ’ib qilishiga dalildir. Agar g’azab holatida biror kishini dinni poklashga chaqirganini ko’rsa, u kishini buzuq ishlarga va yomon yo’llarga chaqirishiga dalildir.

Imomi Ja’far Sodiq aytadiki, tushida yarashmoq uch narsaga dalil bo’ladi: umrining uzunligiga; kuch quvvatga; yoqimli e’tiqod hosil bo’lishiga.

(Visited 8 785 times, 1 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика