Tushda yomg`ir

tushda yomg`ir

Tushda yomg`ir

Tushda yomgir   – Doniyolning aytishicha, tushdagi yomg’ir Alloh taolo tomonidan bandalariga etuvchi rahmat va barakotga dalolat qiladi, bordi-yu, yomg’ir umumiy bo’lsa va barcha joyga yog’sa.

Yomg’irni o’z vaqtida, odamlar yomg’ir kutayotgan paytda yoqqanini ko’rsa, yaxshi bo’ladi. Ammo yomg’ir bir joyga xos bo’lsa, chunonchi, bir ko’chaga qattiq yog’sa, boshqa joylarga yog’masa, o’sha joy odamlariga ranju bemorlik va og’irlik etishiga dalildir.

Tushda yomgir ohista yog’ayotganini ko’rsa, o’sha mavze ahliga xayru manfaat etishiga dalil bo’ladi. Yilning avvali yoki oyning avvalida yomg’ir yog’ayotganini ko’rsa, o’sha yili yoki o’sha oyda farovonlik va ne’mat ziyoda bo’lishiga dalolat qiladi. Yomg’irning loyqa va qattiq ekanini ko’rsa, bemorlikdan halok bo’lishiga dalildir.

Ibn Sirin aytadi: «Yomg’irning qattiq yog’ayotganini, biroq o’z vaqtida emasligini ko’rsa, o’sha kunlarda lashkardan ranju balo etadi. Yomg’ir boshiga yog’ayotganini ko’rsa, safarga borishi va ko’p foydalar olib qaytishiga dalildir.

Yomg’ir odamlar boshiga xuddi to’fon kabi yog’ayotganini ko’rsa, o’sha diyorda fojeaviy o’limlar yuz berishiga dalolat qiladi. Yomg’irning har tomchisidan ovoz kelayotganini ko’rsa, uning izzat va obro’si ziyoda bo’ladi».

Tushda yomg`ir Kirmoniy aytadi: «Yomg’ir o’rniga asal yog’ayotganini ko’rsa, o’sha diyorda boylik va ne’mat farovon bo’ladi. Yomg’ir suvidan ichayotganini ko’rsa, suv toza va sof bo’lsa, suv mikdoriga qarab, sozlik va rohat topadi. Loyqa va noxush bo’lsa, shunga yarasha ranj va bemorlik tortadi».

Sodiqning marhamat qilishlaricha, tushda yomg’ir ko’rish o’n ikki narsaga belgi bo’ladi: rahmatga; barakotga; dodiga etishni tilashga; ranju bemorlikka; baloga; jangu jadalga; qon to’kishga; fitnaga; ochlikka; omonlik topishga; kufr va yolg’onga.

YoMG’IRPO’Sh (BORONIY) – Ibn Sirinning aytishicha, har kim tushida o’z tanasida boroniyni ko’rsa va u podshoh xizmatidagi odam bo’lsa, uning yaxshi nomi va maqtovi el orasida

 

(Visited 19 138 times, 13 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика