Tushda zilzila

tushda zilzila

Tushda zilzila

Tushda zilzila – Ibn Sirinning aytishicha, agar zilzila bo’lganini va er silkinayotganini ko’rsa, o’sha diyor odamlariga podshohdan ranju balo etishiga dalildir. Ba’zi ta’birchilarning aytishlaricha, har kim erning silkinayotganini ko’rsa, o’sha diyor odamlariga ofat etishi va bemorlik yuz berishiga dalildir. Agar erning usti ostiga bo’lib ag’darilganini ko’rsa, o’sha viloyat ahliga ulug’ balo yuz berishiga dalildir.

Kirmoniyning aytishicha, er ohista qimirlayotganini, erning bir tomoni agdarilib, ikkinchi tomoni o’z holida turganini ko’rsa, o’sha erga podshoh kelishi va o’sha er aholisiga zulm qilishiga va aholining molini talashiga dalildir.

Hazrati Sodiqning aytishicha tushdagi zilzila bo’lishi va erning cho’kishi podshoh tomonidan etadigan qiyinchilik va ulug’ baloni yoki ocharchilik va bemorlikni bildiradi. Erning silkinishi barcha holda o’sha diyor ahli uchun uqubat va og’irchilik belgisi hisoblanadi.

ZIRA – Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi zira, agar ko’p bo’lsa, odamning din va foydasiga dalildir.

Ja’far Sodiqning aytishicha, tushda zirani oz ekanini ko’rsa, ozgina foydaga dalildir.

ZIRALI OVQAT (ZIRABOJ) – Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi ziraboj, agar taxir bo’lmasa, shiringa moyil bo’lsa, xayru manfaatga dalildir. Agar taxirga moyil bo’lsa, qayg’u va g’amga dalildir. Agar unga za’faron qo’shilgan bo’lsa, bemorlikka dalil bo’ladi.

Ba’zi ta’birchilarning aytishlaricha, tushdagi ziraboj musibat, qayg’u va g’amni bildiradi.

(Visited 3 779 times, 1 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика