Arslon burji

arslon burji BURJLAR

Arslon burji

Arslon burji ASAD — ARSLON BELGISIDAGI YuLDUZLAR BURJI 23 iyul’ — 23 avgust oraligida tugilganlar.

Quyosh boshtsaradi. Mizojini belgiluvchi unsur — olov. Timsoli — Arslon. Burjiga xos ranglar — to’’ sariK’, jigarrang, alvon va oltin rangi.

1,5,9,11 — baxtli raqamlar sanaladi.
Qadimda arablar bu yulduz burjini al-Malik, ya’ni shoh deb ataganlar. Shuning uchun Kopernik unga lotinchasiga Regul — shoh yulduz deb nom bergan. Malik yulduzi Arslon yuragi, deb ham yuritiladi va kuch-kudrat, jasorat, dovyuraklik va donishmandlik timsoli hisoblanadi. U oq haroratli yulduzdir.

Arslon — hayvonot dunyosida eng kuchli sanaladi. 23 iyuldan 23 avgustgacha bo’lgan davrda tug’ilgan kishi o’z atrofidagilar orasida hukmron bo’lishni sevadi. Shuning }shun yaxshisi ular bilan bahslashmagan ma’kul.

Aks holda u sizga «dahshat» solishi, zo’ravonlpk qilishi, qo’rqitishi mumkin. Shu oyda tug’ilgan kishilar tashqi ko’rinishidan sherdek mag’rzf, sochi quyuq va dag’al, har tomonga qarab o’sgan bo’ladi.

Ular hech qachon va hech qaerga shoshilmaydilar va zohiran aldamchi, dangasa ko’rinishiga ega. Sher belgisidagi ayol mushukdek xotirjam, ammo kimki unga yoki bolalariga xavf solsa, qattiq qarshilik ko’rsatishga doimo tayyor bo’ladi. Ularning ko’zlari nisbatan xotirjam ko’rinsa-da, har bir daqiqada alanga olishi mumkin.

Arslon burji  Arslon belgisi ostida tug’ilgan erkaklar

Mazkur burjda tug’ilgan erkaklar sherdek mag’rur, sochi quyuq va dag’al, har tomonga qarab o’sgan bo’lib, yurganlarida maymoq bosib yuradilar. Haqiqiy sherlarga ham e’tibor bersangiz, maymoq bosib yuradilar.

 

Erkak arslon ko’pincha bir ko’rishdayoq ishq domiga tushadi. Arslonni qadrlasangiz va unga bo’ysunsangiz juda yoqib tushadi. Ammo u sizni «domiga ilintirgach», oltin qafasdagi qushning ahvoli boshingizga tushishi mumkin. Bunga sabab ularning favqulodda rashkchiligidir.

Arslon burji  Arslon belgisi ostida tug’ilgan ayollar (qizlar)

Suyukli va ko’pchilik orasida katta muvaffaqiyatlarga ega bo’ladi. Xushtorlari ko’p bo’lgan bo’nday ayol (qiz)larning qo’nglini ovlash, ishonchini qozonish oson kechmaydi.

Zero, tabiat ularga bir necha ayolga etadigan aql-zakovat, jo’shqin fe’l-atvor, husn va jinsiy joziba ato etgan.

Agar haqiqatan ham bu ayol (yoki qiz)ning ko’nglini ovlamoqchi bo’lsangiz, ancha sarf-xarajat qilishingizga to’g’ri keladi. Yuksak did bilan tanlangan qimmat- baho sovg’a taqdim etayotganingizda o’zingiz ham shunga monand ravishda kiyinishni unutmang!

Shuningdek, chinakam malikaning muhabbatini qozonmoqchi ekanligingizni ham yodda tuting! Binobarin, siz uning nazdida kuchli, jasur bo’lishingiz kerak. Zotan, bu «malikalar» nimjon, zaif, kuchsizlarga qiyo boqmaidi.

Arslon burji Arslon belgisi ostida tug’ilgan bolalar

Erkin, xushchaqchaq, o’yinqaroq bo’ladilar. Ammo ularning xushchaqchaqligini doimo silab-siypalab rivojlantirish mumkin. Bu belgi ostida tug’ilgan bola yoshligidan boshqa bolalar ustidan hukmronlik qilishga urinadi.

O’zidan kuchsiz bolalarni, qizlarni tez-tez ranjitadi. Boshqalar, ayniqsa, qizlar oldida o’zini ko’rsatishga intiladi. Bu belgi ostida tug’ilgan bolalar maktabda o’qituvchi yo’q paytda uning o’rnini egallashi mumkin.

Ular sinfda, guruhda intizomni mustahkamlashga yordam ko’rsata oladilar va aksincha, sinfda, to’s-to’polon ko’tarishlari ham mumkin. Ular o’qishni tez va oson o’zlashtirsa-da, ba’zan dangasa, ishyoqmas bo’lib qoladilar. Bunday vaziyatda ularni ortiqcha koyib, hissiyotini oyoqosti qilish yaramaydi.

Nafsoniyatiga aslo tegmaslik kerak, yaxshisi, uning shuhratparastligidan foydalanish durust. O’qishda uning tengkurlari erishayotgan muvaffaqiyatlarni havas bilan maqtab ayting. Unga shuning o’zi kifoya qiladi.

Chunki boshqalarda bor narsa unda bo’lmasa, chiday olmaydi. U bor imkoniyatlarini ishga solib, boshqalardan o’tib ketishga harakat qiladi. Agar u biron muvaffaqiyatga erishsa, maqtab qo’yishni unutmang.

(Visited 1 480 times, 1 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика