Baliq burji

baliq burji

Baliq burji

Baliq burji BALIQ – HUT YuLDUZLAR BURJI 19 fevral -20 mart oraligida tugilganlar.

Neptun sayyorasi boshqaradi. Mizojini belgilovchi unsur – suv. Timsoli – bir-biriga tsarama-tsarshi suzuvchi ikki baliq.

Burjiga xos ranglar – moviy,dengiz rangi. 6,7,11 – baxtli raqamlar sanaladi.
Baliq burji to’g’risida ko’plab qadimgi manbalarda, shu jumladan Injilda, Gomer, Gesiod asarlarida ma’lumot berilgan.

Bu belgi ostida tug’ilganlarda boshqa barcha belgilarning xususiyatlari ozmi-ko’pmi mujassamlashgan, shuning uchun ularning xarakteri noaniq va ziddiyatli bo’ladi. Shunga qaramay, ularning o’ziga xos jihatlari ham bor. Shuhratparastlik ularga yot, boylikka hirs qo’ymaydilar.

O’z hayot faoliyatida turli to’siqlarga qarshi kurashishdan qo’ra ko’proq «oqim bo’ylab suzish»ni ma’qul ko’radilar. Ammo hayotda biron yutuqqa, yuksaklikka erishganligi behuda yashamaganligining isboti bo’ladi.

Hut burjida Baliq belgisida tug’ilganlarning ijobiy jiqatlari: xushfe’l, qo’ngli ochiq, yumshoqko’ngil, royish, ehtirosli, idealist, dinga moyil, rahmdil, mehribon, marhamatli, g’amxo’r, yordamga doimo tayyorlik kabi xislatlarga ega bo’ladilar.

Salbiy jihatlari: jur’atsiz, qat’iyatsiz, har qanday ta’sirga beriluvchan, «oqim bo’ylab suzadigan», noomilkor, g’amgin, reallikdan nisbatan ajralgan bo’ladilar.

Baliq burji belgisi ostida tug’ilgan erkaklar

Baliq belgisi ostida tzgg’ilgan erkaklar tabiatan romantik bo’lib, hayotdan uzilgan orzular og’ushida yashaydilar.

Bunday romantik kishi bilan tanishgan va unga turmushga chiqmoqchi bo’lgan qizlarni ogohlantirib shuni aytamizki, siz unga turmushga chiqsangiz yo ikki kishi uchun mehnat qilishingiz yo undan ko’ngil uzishingiz kerak bo’ladi.

Chunki shirin, ammo qurzga orzu bilan hozirgi – bozor iqtisodiyoti va moliyaviy-iqtisodiy inqiroz sharoitida yashash qiyin kechadi.

Hut burjida tug’ilganlar boshqalarga hamdard bo’ladilar. Bu esa ularning ruhiyatiga ta’sir etadi,
chunki ular tabiatan o’ta ta’sirchandirlar. Ularda mantiqiy qarashga nisbatan ichki tuyg’u kuchliroq bo’ladi.

Baliq burji belgisi ostida tug’ilgan ayol (qiz)lar

Ular yoqimtoy, dilbar, keskin ajralib turadigan o’ziga xoslikka, nafosatga, go’zallikka ega bo’ladilar. To’kislikni, shinam bekamu ko’stlikni, mukammal go’zallikni sevadilar.

Ularning kayfiyati va sog’ligi Oy fazalarining almashinuviga bog’liq bo’ladi. To’lin oy davrida ular to’la quvvatga, haroratga, hayotiy kuchga ega bo’ladilar va aksincha, yangi oy tug’ilgan davrda lohaslanib kayfiyatsiz, loqayd bo’lib yuradilar.

Unda boy ichki hayot jo’sh urib turadi. Yumshoqko’ngilligi, nafo- satliligi, dilbarligi tufayli ajoyib xotin va ona bo’ladilar.

Nujum ilmida ham bu ayollar g’oyat barkamolligi, – latofati bilan mashhurdirlar.
Unda salbiy jihatlar ham yo’q emas. Tashqaridan qaraganda, har qanday erkak bu ayollar, qizlarning «sohibi» bo’lishni havas qiladi.

Bunday ayol erkak kishini o’z soyasi ostida qoldirishga, uni to’sib qo’yishga deyarli intilmaydi. Sizning ustingizdan ozgina bo’lsa ham hukmronlik hissi unda yo’q. Bunday ayol siz uni himoya qilishingizni, uning to’g’risida qayg’urishingizni istaydi xolos.

U sizning elkangizga boshini jon-dili bilan qo’yib, bu olamda uning uchun siz qanchalar kerak ekanligingiz sha’ma qila oladi. Sizning boshingizga tushgan har qanday tashvishni, ko’ngilsizlikni birga kechiradi, his etadi.

Baliq burji belgisi ostida tug’ilgan bolalar

Agar sizning farzandingiz ushbu belgi ostida dunyoga kelgan bo’lsa, u juda yuvosh, muloyim, tinchlikni xush ko’ruvchi va oqqo’ngil bo’ladi, ko’p orzu ■ qiladi: xayolparast bo’lib, hayotiy voqelikni o’z fan- taziyasi bilan chalkashtirib yuboradi.

Bu bolalar suv bilan bog’liq har qanday o’yinlarni, sehrli ertaklarni, g’aroyib hodisalarni yoqtiradi. Ammo g’alva, qichqiriq va zo’ravonlikni ko’tara olmaydi.

Zo’ravonlik bu bolani dahshatga soladi. Shuning uchun ham u yotishdan oldin televizor ko’rmasligi, g’amgin, ma’yus kuy va qo’shiqlarni tinglamasligi kerak. Umuman, tez xafa bo’ladi, ranjiydi. Shu negizda u kasal bo’lib qolishi ham mumkin. Uning uchzgn eng zarur narsa – tinch, osoyishta muhit, uy sharoiti.

Bu bola serg’alva, tztyulonchi va shafqatsiz, qahrli bolalar bilan munosabatda bo’lolmaydi.

(Visited 1 771 times, 1 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика