Buzoq burji

buzoq burji BURJLAR

Buzoq burji

Buzoq burji SIGIR (UD) – SAVR YuLDUZLAR BURJI 21 aprel -21 may oraligida tugilganlar. Venera sayyorasi boshharadi. Mizojini belgilovchi unsur – tuproh. Timsoli – hukiz. Burjiga xos rang – havorang, limon rangi, oh, yashil ea siren ranglari.

2,4,6 – baxtli rahamlar sanaladi.
Savr yulduzlar burji to’g’risida ko’plab qadimgi manbalarda so’z yuritiladi. Savrning si – Aldebaran (Al-debaran) – ulkan qizil yulduzdir. Savr burjida ko’plab yulduzlar to’plami joy olgan. Aldabaran

Giad yulduzlar guruhining eng g’uj joyida joylashgan. Savr yulduzlar burjida 1034 yilda sodir bo’lgan portlash oqibatida o’z kuvvati bilan uchinchi kosmik «radiostantsiyashi tashkil qiluvchi yangi yulduzlar paydo bo’lib, dengiz qisqichbaqasisimon tumanlikni qosil qilgan. Bu tumanlik markazida yulduzlar portlashi oqibatida hosil bo’lgan 16-kattalikdagi yulduzcha – Pulsar (davriy radionurlanishlar tarqatib turuvchi koinot ob’ekti) ajralib turadi.

Savr burjida tug’ilganlarning ijobiy jihatlari: qatiyatli, sabot-matonatli, barqaror va ishonchli. Huzur-halovatni sevadi, musiqani, san’atni yoqtiradi. Biror ishga shoshilmay, mulohaza qilib kirishadi. Mehnatsevar, mustaqil, dadil, jasur, jur’atli, ikkilanmaydigan va mard bo’ladi.
Salbiy jiqatlari: qaysar, keragidan ortiq dabdabani, maishatni yoqtiradi. O’zi sodda-yu, biroq ishni imillab bajaradi.

 
Savr burjnda Ud belgisi ostidatug’ilgan erkaklar

Ud belgisi ostida tug’ilgan erkaklar qaysar, xotirjam va qanoatli, biroq injiq, sustkash va ehtiyotkor bo’ladilar. Qovg’a (Suv quyuvchi) belgisi ostida tug’ilganlardan farqli o’laroq, xayolparast, romantik emaslar.

O’z yaqinlariga mehribon va yumshoqko’ngilli bo’ladilar. Ular turmush o’rtog’i- ga nisbatan e’tiborli bo’lib, uning kiyinishiga, pardoz-andoziga jid diy ahamiyat beradi. Bu belgi ostida tug’ilgan erkak oilasi uchun zarur ne’matlarni muhayyo qiladi. Shuninguchun Udlar bilan turmush qurmoqchi bo’lgan qizlar, ayollar bo’lajak oilangizda ta’minot yaxshi bo’lishiga ishonavering.

Buzoq burji  Savr burjida tug’ilgan ayol(qiz)lar

Zuhro (Venera) sayyorasi Savr burjida tug’ilgan ayol (qiz)larga ajoyib iffat va nafosat baxsh etgan. Ularda chiroyli buyumlarga, gullarga, kiyim-kechak va bezaklarga qiziqish kattadir. O’z nafosatlari bilan xushtorlarini lol qoldiradilar. Ayollarga xos barcha sifatlar ularda mujassam.

Savr burjida tug’ilgan ayol(kiz) juda yuqori hissiy qobiliyatga ega bo’lsa-da, tabiatan xotirjam, bosiq bo’ladi. O’tkir mushohadali, irodasi kuchli bo’lib, o’zini boshqalar oldida yaxshi tuta biladi. Ammo tashqi ta’sir oqibatida o’z me’yoridan chiqsa bormi, har qanday erkakni sarosimaga solib qo’ya oladi. Bunday holat uning hayotida kamdan-kam sodir bo’ladi.

Buzoq burji  Savr burji ostnda tug’ilgan bolalar

Bu bolalar o’z tabiatiga ko’ra qat’iyatli, tirishqoq, hushchaqchaq, gapga kiradigan, yumshoqko’ngil – qisqasi, ajoyib bolalardir. San’atga, ayniqsa, musiqaga qiziqadilar. Ammo bola bu fazilatlar- ga ega ekanligi uchun undan butunlay xotirjam bo’lmaslik kerak. Kutilmaganda u juda qaysar va o’jar bo’lib qolishi hech gapmas.

Masalan, u maktabga bormayman, o’qimayman, deb qaysarlik qilishi mumkin (ko’pincha bunday qol 9-sinfdan so’ng yoki o’rta maktabni tamomlab, kelgusida o’qishni boshqa o’quv yurtlarida davom ettirish masalasi ko’ndalang bo’lganda sodir bo’ladi).

Bol£1ga baqirib-chaqirish, uni bir ishni qilishga zo’rlash befoyda. Agar unga biron narsa yoqmasa, o’z bilganidan qolmaydi. Undagi odillik, haqgo’ylikka asoslangan holda uning bundan keyingi rejasini xotirjamlik bilan tinglash va asosli maslahat berish lozim.

(Visited 1 349 times, 1 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика