Chayon burji

chayon burji

Chayon burji

Chayon burji CHAYON – AQRAB YULDUZLAR BURJI 24 oktyabr – 22 noyabr oraligida tugilganlar.

Pluton sayyorasi. Mizojini belgilovchi unsur – suv. Timsoli – Chayon. Burjiga xos alvon rang, olov ranglari. 4,5,8,9,10,11,21,100,666 – baxtli raqamlar sanaladi.

Aqrab burji ostida tug’ilganlarni ko’pchilik orasidan eng avvalo, ularning ko’zlaridan bilib olish mumkin. Ularning ko’zlaridan gipnotik nur taralib Turadi. Bu belgi ostida tug’ilganlarning nigohi o’tkir bo’lib, sizni bor vujudi bilan ko’rib turganday tutoladi. Ular hech qachon o’zlarini tanqid ham qilmaydilar, boshqalarning tanqidi va maqto- vidan ularda hech qanday o’zgarish ham bo’lmaydi, chunki o’z yutuq va kamchiliklarini yaxshi biladilar.

Aqrab burjida tug’ilganlarning fe’l-atvoridagn ijobiy jihatlar shuki, ular aniq bir maq- sadni ko’zlab harakat qiladi, sobitqadam, jo’shqin, vazmin, og’ir-bosiq, mustaqil, ziyrak, sezgir, ichki tuyg’usi kuchli, har qanday hodisaning mohiyatini ocha oladi, qat’iy, chidamli, dadil, jasur, jur’atli, ikkilanmaydi, mistikaga moyil, mas’uliyatli, to’g’ri, qonun-qoidani buzmaydi.

Fe’l-atvoridagi salbiy jihatlar: qaysar, hokimiyatparast, boylikka o’ch, rashkchi, o’zboshimcha, boshqalarning gapiga kirmaydigan, shafqatsiz, berahm, qasoskor, sirli xarakterga ega bo’ladi.

Chayon burji ostida tug’ilgan erkaklar

Bu belgi ostidagilar boshqalar e’tiboriga tez tushadi va o’z do’stlariga doimo sodiq bo’ladilar. Ularning qobiliyati, xotirasi o’ta zo’r bo’lib, atrof- dagilar ko’rsatgan g’amxo’rlik yoki yomonlikni hech qachon unutishmaydi. Bir necha martagina suhbatda, muloqotda bo’lgan tanishlarini ham uzoq vaqt xotirasida saqlab qoladi va tez-tez eslab turadi.

Umuman, Aqrab burjida tug’ilganlar jasur bo’lib, jismoniy og’riqdan ham, yo’qchilikdan ham, boshqa hayotiy qiyinchiliklardan ham qo’rqmaydilar, bunday muammolarni shak-shubhasiz engib o’tishlarini yaxshi biladilar.

Chayon burji tug’ilgan ayol(qiz)lar

Aqrab burjida tug’ilgan ayol odatda go’zal, mag’rur va o’ziga ishongan bo’ladi. Agar erkak bu ayol yoki qiz- da o’ziga nisbatan biron qiziqish sezmasa, yaxshisi, vaqtni bekorga o’tkazmagani ma’qul. Chunki kishi ichki dunyosini u rentgen nuridek k^fa oladi.

Taqdir sizga bu belgi ostida tug’ilgan qizni sevishni ato etgan bo’lsa, unda sizdan bu bobda har jihatdan ustun bo’lish talab qilinadi. Chunki u siz bilan faxrlana olishi kerak. Bu ayol (qiz)lar kuchli shaxslarga sodiq bo’lib, irodasiz erkaklarni u qadar xush ko’rmaydilar.

Chayon belgisi ostida tug’ilgan ayol (qiz)lar rashk bobida chegarasiz, kek saqlaydigan bo’ladilar. Ular

Chayon burji ostida tug’ilgan bolalar

Aqrab burji ostida tug’ilgan bolalar kuchli, xotirjam va yoqimtoy bo’ladilar. Ular ota-onasini «gipnoz» yordamida o’z irodasiga bo’ysundira oladilar. Bunday bolalarni qattiqqo’llik bilan tarbiyalash lozim. Ayni mahalda unga nisbatan mehr-muhabbat bilan munosabatda bo’lish, qo’nglini 5chssitmasdan, xatosini tushuntirib tarbiyalash zarur.

Chayon-bola qo’rqmas, urishqoq bo’ladi. Kimda-kim uni xafa qilsa, buni bir umr esida saqlab qolishi mumkin. Ular qasoskor bo’ladilar.

Chayon belgisi ostida tug’ilgan bola har qanday jismoniy og’riqqa yoki kasallikka o’ta bardoshli bo’ladi. Agar biror joyini kesib olsa va uni jarrohlik yo’li bilan tikish lozim bo’lsa, narkoz bermay tiksa ham og’riqqa dosh bera oladi.

Shuni hech qachon unutmangki, mazkur burjda tug’ilgan farzandingizni, ayniqsa, u o’g’il bola bo’l- sa, o’qimishli, oliy ma’lumotli yoki biron foydali kasb egasi qilib voyaga etkazsangiz, kelajakda u etuk inson bo’lib, oilangizga ham, jamiyatga ham ko’p foyda keltiradi. Aks holda esa bunday farzand, johil va yovuz, berahm va tajovuzkor bo’lib shakllanishi turgan gap.

(Visited 4 198 times, 1 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика