Dalv burji
Dalv burji DALV-SUVChI (KO’NAK) YuLDUZLAR VURJI 21 yanvar -18 fevral oraligida tugilganlar.
Uran sayyorasi boshqaradi. Mizojini belgilovchi unsur – havo. Timsoli – Suv quyuvchi, Burjiga xos ranglar – ko’k-yashil, binafsha va och havorang.
2,4,8,9,11,13 – baxtli raqamlar sanaladi.
Suvchi yulduzlar burji unsuri havo bo’lib, uni Uran sayyorasi boshqaradi. U katta sayohatlarga, yangi do’stlarga, yangi hissiyotlarga doimiy ravishda intilishni ifodalaydi.
Suvchi – bu koinotga tegishli bo’lib, erdagi ishlar va qoidalar bilan faqat zaruriyat yuzasidan shug’ullanadi.
Hozirgi davrdan tashqarida, ertangi kun bilan yashaydi. Yangilik yaratish, kashf etish unga katta qoniqish, quvonch baxsh etadi. Kundalik turmushning yaroqsizligini his etib, o’zi uchun sovuq, zimiston, og’ir mehnat, tuzatib bo’lmas kasalliklar, zerikish, yomonlik, o’g’irlik va qalloblik, xoinlik
va xunrezlik kabi insoniylikka zid bo’lgan jamiki salbiy qarashlar, tushunchalardan holi bo’lgan sun’iy jamiyat, olam kashf etadi. Yuqorida ko’rsatilgan xislatlar buyuk hamyurtlarimiz Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Boburga xosligi ularning ushbu burjda tavallud topganligi bilan bog’liqdir.
Suvchilarga tavakkalchilik va yangi g’oyalar bilan hayotni o’zgartirish xususiyati xosdir. Ushbu belgi navqironlik va jismonan sog’lomlikni ifodalaydi.
Dalv oyida tug’ilganlarning ijobiy jihat- lari: mustaqillik, o’ziga xoslik, yaratuvchilik, ki- rishimlilik, dilkashlik, ijtimoiy barqarorlik, xurofotlardan holilik, haqiqatga erishish yo’lida bardoshlilik, insonparvarlikdir.
Salbiy jihatlari: shaxsiyatparast, sergap-laqma, beqaror, javobgarlik hissidan mahrum, g’ayri- odatiy, betakalluflik.
Dalv burji oyida tug’ilgan erkaklar
Fiziklar, astronomlar, davlat arboblari, fantast-yozuvchilar, shoirlar, ulug’ mutafakkirlar orasida Dalv oyida tug’ilgan erkaklar ko’pchilikni tashkil etadi.
Ularga rasmiyatchilik yot bo’lib, eskilik, qoloqlikni yoqtirmaydilar. Tabiatan bosiq, jidtsiy, boshqalarga ortiqcha yuk bo’lishga yo’l ko’ymaydilar.
Ularning hayoti tahlikaga, xavf-xatarga to’la bo’lishi mumkin, ammo bundan tushkunlikka tushmaydi, o’zini yo’qotmaydi.
Ammo taqdir bu xavfdan yana qutqaradi. Hayotda badavlatlikni ham, qashshoqlikni ham, ajoyib yutuqlarni ham, muvaffaqiyatsizliklarni ham, fojialarni ham, xursandchilik va dilsiyoh- liklarni ham totib ko’rishadi.
Dalv burji , Suvchi belgisi ostida tug’ilgan ayol (qiz)lar
Ular yulduz burjlarida tug’ilgan ayollar orasida eng go’zalidir. Go’zallik bobida u bilan faqat Mezon burjida tug’ilgan ayol yoki qizlargina bellasha olishlari mumkin.
Jo’shqinligi o’rtamiyona bo’lib, bu ayol yoki qiz bilan juda yaxshi, ko’ngildagidek munosabatda bo’lish mumkin.
Faqat uning erkiga, do’stlari bilan munosabatiga, turli qiziqish va ishtiyoqiga to’sqinlik qilmasangiz bas.
U bilan hech qachon zerikmaysiz. Kelishgan, orasta, zebo bo’lib, raqsga ham yaxshi tushadi. Qisqasi, bu belgidagi ayol yoki qiz ma’lum ma’noda sehrgardir.
O’z sehri bilan bir umr «majnun»ga aylantirib ho’yishi hech gap emas. Ammo takdirning beshafqat qonuniga ko’ra, ular turmushga erta chiqib, kamdan-kam hollarda baxtli bo’ladilar.
Dalv burji , Suvchi belgisi ostida tug’ilgan bolalar
Bundaylarning xarakteri Egizaklar belgisi ostida tug’ilgan bolalarnikiga o’xtttyatn bo’ladi. Ular Egizaklar kabi aqliy faollik, aqliy ozuqaga ehtiyojning kattaligi, qaysar, kuchli qo’zg’aluvchanligi, sezgirligi, fantaziyaga boyligi va g’ayriixtiyoriyligi bilan ajralib turadilar.
Fikr chaqmoq kabi o’tkir bo’lganligi uchun ularning orasida o’ta qobiliyatli bolalar ko’p ztchraydi. Ko’pincha ota-onalarini, murabbiylarni o’zlarining o’tkir zehnlari bilan lol qoldiradilar. Umum qabul qilingan normalarga salbiy munosabatda bo’ladilar.