Egzaklar burji

egzaklar burji

Egzaklar burji

EGIZAKLAR burji – JAVZO (ERANTIZ) YuLDUZLAR BURJI 22 may -21 iyun oraligida tugilganlar. Merkuriy sayyorasi boshqaradi. Mizojini belgilovchi unsur – havo. Timsoli – Egizaklar. Burjiga xos ranglar – och sariq, zargaldoq, binafsha ranglari. 3, 5, 12, 18 – baxtli raqamlari sanaladi.

Egizaklar yulduz burji qish osmonining bezagidir. Egizakning si – Kastor yulduzi guruhi – oltita yulduzdan iborat bo’linuvchi sistemani tashkil qiladi. Ular moviysimon – oq, haroratli yulduzlar guruhiga taalluqlidir. Egizakning v si – Polluks esa navigatsiyali yulduzdir.

Bu yulduz burjining Egizaklar nomi bilan atalishi qadimgi yunon afsonasi bilan bog’liqdir.
Afsonalarda aytilishicha, Sparta davlati hukmdori Tindareyaning Ledi ismli sohibjamol xotini egizak o’g’il ko’radi.

Kastor – Tindareyadan va Polidevk (Polluks) – Zevsdan bo’lgan edi. Polidevk otasi Zevsdan mangulik oladi. Bu ikki aka-uka o’zaro beg’araz do’stligi bilan shuhrat topadilar. Ular argonavtlar (yunon afsonalarida sehrli qo’yning «oltin teri»sini izlab «Argo» kemasida Kolxidaga safar qilgan qahramonlar, jasur dengizchilar) yurishlarida qahramonlik ko’rsatadilar. Janglarning birida Kastor halok bo’ladi.

O’z og’asidan ajralmaslik uchun Polidevk Zevsdan o’z o’limini so’raydi. Shundan buyon ular yarim yil Aid saltanatida (er ostida), yarim yil esa Olimpda – xudolar huzurida o’tkazishar ekan.

Javzo burjida tug’ilganlarning ijobiy jihatlari: aqlan rivojlangan, har qanday faoliyatga qobiliyatli, tez fikrlaydi va hozirjavob, bir vaqtning o’zida bir necha ishni bajara oladi, dilkash, quvnoq va yaratuvchi, ijodkor.

Salbiy jihati shuki, ularda bolalarga xos xususiyatlar: gapga kirmaslik, pala-partishlik, shoshma-shosharlik, asabiylik, ziddiyatlilik, bir vaqtning o’zida bir necha ishga yopishib, ularni oxi- riga etkazmaslik va muqobillikning yo’qligi.

Egzaklar burji Javzo oyida tug’ilgan erkaklar

Bu erkaklar ajoyib suhbatdosh, xushchaqchaq va kuvnoq, davralarga fayz kirita oladigan, hazilkash kishilardir. Ular uchun yolg’izlikdan dahshatliroq narsa yo’q. Yolg’izlik tufayli ular hatto o’z joniga qasd qilish darajasigacha borishi mumkin. Kamgap, ma’yus va zerikarli kishilar orasida ham ular o’zlarini yolg’iz sezadilar.

Egizaklar belgisi ostida tug’ilgan erkaklarning ta’bi juda nozik bo’lib, ancha-muncha narsalar ularning didiga mos kelavermaydi. O’tkir fikrlari, mulohazalari, ajoyib kuzatuvchanligi, samimiyligi bilan atrofdagilarda yaxshi taassurot qoldiradi.

Egzaklar burji Javzo oyida tug’ilgan ayol (qiz)lar

Ushbu oyda tug’ilgan qizlar kech voyaga etadilar. Voyaga etganda esa bir vaqtningo’zida ikki yigitni yoqtirib qolishi mumkin. Ammo qaysi birini boshqasidan ustun qo’yishini o’zi ham bila olmay garang bo’ladi.
Agar shu oyda tug’ilgan qiz o’z ehtirosini boshqara bilmasa, hayoti davomida ancha qaltis xatolarga yo’l qo’yishi mumkin.

Agar siz bir necha ayolning xususiyatlari mujassamlashgan qizga uylanmoqchi bo’lsangiz, bu «egizaklar» belgisidagi qiz(ayol)dir. U juda yaxshi o’rtoq, har tomonlama rivojlangan, aqlli, g’ayratli, mehribon va talabchan, orzularga boydir. U bilan siz hech qachon zerikmaysiz.

Egzaklar burji Javzo oyida tug’nlgan bolalar

Nujum ilmi xulosasiga ko’ra, 22 may – 21 iyun oralig’ida egizaklar ko’p tug’iladi. Ularni Merkuriy sayyorasi boshqarganligi tufayli yurishni, hatto emaklab yurishni o’rganib olishlari bilanoq serharakat bo’lib qoladilar.

Javzo oyida tug’ilgan bola ulg’ayib borgan sari besabr, beqanoat bo’ladi. Bir vaqtning o’zida bir necha ishni bajarishga harakat qiladi.

O’qish- yozishni tez o’rganib oladi. O’z fikrini qog’ozgayaxshi tushiradi. Ko’proq rasm chizish yoki musiqa asboblar- ni chalishni yoqtiradi. Diqqatini bir narsaga uzoq vaqt jamlay olmay, tez chalg’iydi. Agar o’rganayotgan predmeti qiziqtirsa, diqqatini to’play oladi va uni tez o’zlashtirnb oladi. Asab tizimi nozik bo’lganligi sababli salgina shovqin ham salbiy ta’sir qiladi. Ayniqsa, bola uxlayotganda iloji boricha tinchlik saqlanishi kerak.

(Visited 937 times, 1 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика