Oq otar burji

Oq otar burji BURJLAR

Oq otar burji

Oq otar burji O’QCHI – QAVS YULDUZLAR BURJI 23 noyabr’ -21 dekabr’ oraligida tugilganlar.

Yupiter (Mushtariy) sayyorasi boshqaradi. Mizojini belgilovchi unsur – olov. Timsoli – Kentavr (yunon afsonalaridagi yarim odam, yarim ot maxluq).

Burjiga xos ranglar – ko’k,binafsha, moviy.
3,4,9 – baxtli raqamlar sanaladi.

O’qchi yulduzlar burjida ikki yorqin yulduz joylashgan. Bu juft yulduzlarni arablar «shaula» – nayza, nish deb ataganlar. Somon yo’lida joylashgan O’qchi yulduzlar turkumi kuchli yulduzlar guruhi va tumanliklarga boydir.

O’qchi – Alrami yulduzining arabcha nomi. O’qchi yo’nalishida Galaktikamiz markazi joylashgan bo’lib, uning yadrosi yulduzlar oralig’idagi quyuq changlik bilan qoplangan. Buni birinchi marotaba Sobiq Ittifoq astronomlari 1948 yilda infraqizil elektron optik asbob yordamida suratga tushirganlar.

O’qchi yulduzlar burjida Quyoshning qishki turish nuqtasi joylashgan bo’lib, uning ahamiyati kattadir.

Qavs oyida tug’ilganlarning ijobiy jihatlari: faol, ochiq, samimiy, sofdil, quvnoq, to’g’riso’z, haqqoniy, erksevar, do’stlashuvchan bo’ladilar.

Ularga mushohadakorlik, odillik, jasurlik, bilimga o’chlik, boshqarishga qiziqish va muayyan maqsadni ko’zlab harakat qilish xosdir.

Ular olijanobligi va omilkorligi bilan boshqalardan ajralib turadilar, tabiatan haqqoniy, quvnoq, kelajakka ishonch bilan qaraydilar; ertangi kun bugungi kundan yaxshiroq, afzalroq bo’ladi, degan umid bilan yashaydilar. Yolg’on gapirish ular uchun yotdir.

Qavs oyida tug’ilganlarning salbiy jidatlari: ularning befarqligi, betakallufligi. Ularning so’zi xuddi kabi to’g’ri bo’lib, o’ylaganini gapiradilar. Birinchi muloqotdayoq sizni xafa qilib qo’yishlari mumkin.

Ular biror narsa ta’sirida «pov» etib yonib ketadilar, kuchli hayajonga tushadilar, ichkilikka moyil bo’lib, sir saqlay olmaydilar.

Yuzaki, besabr, shuhratparast betakalluf, serg’alva, bemulohaza, o’z manfaatini ko’zlovchi, o’zgalarga buyruq berishni yoqtiradigan, hamma narsani boshqarishga intiladigan va bolalarga xos ba’zi xususiyatlarga ega bo’ladilar.

Oq otar burji Qavs burjida tug’ilgan erkaklar

Qavs burjida tug’ilganlar jasur kishilardir. Tavakkal qilib, xavfli ishlarga ko’lurishlari mumkin. Shunday bo’lsa-da, ular hayotda kam engilishadi.

Avtomobilni tez boshdaradilar. Quvnoqligi, zehni o’tkirligi va maqsad sari sobitqadamlik bilan intilishi, ularga har doim muvaffaqiyat qozonish imkonini beradi. Sayohat qilishni hamda turli hayvonlarni yoqtiradilar.

O’qchi favqulodda ishonuvchan va soddadir. Uning orzulari qiziq ishlaridan kelib chiqadi va doimo mantiqiy asosga ega bo’ladi.

Oq otar burji  O’qschi burjida tug’ilgan ayol (qiz)lar

O’qchi ayol (qiz)lar barcha ishni mustaqil baja- rishni xush ko’rishadi, o’z hayot yo’lini juda erta tanlashadi. Ular ham «pov» etib «yonib» ketadiganlar jumlasidandir. Shuning uchun ular bilan nihoyatda ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo’lmoq zarur. Boshqalarning buyruqlariga ularning toqati yo’q.

Ular erkaklar bilan do’stlikni sevgi o’rnida qabul qilishadi, bu ularning asosiy kamchiligidir. Qiziqish doirasi keng, har qanday sharoitda ham o’zlarini turli masalalar bilan ovuntira oladilar.

Qayg’uli, fojiali -hodisalarni, shu to’g’ridagi kinofilmlarni tomosha qilganda o’zlarini yig’idan to’xtata olmaydilar.

Uy-ro’zg’or ishlarini esa maqtovga loyiq darajada bajara olmaydilar. Oilada o’z burchlarini talab darajasida uddalasa-da, ba’zan bu yumushlar «jonlariga» tegadi. Shunday holat yuz berganda bir oz sayohat qilishlariga imkon berish, uy yumushlaridan holi qo’yish lozim.

Oq otar burji  O’qchi belgisi ostida tug’ilgan bolalar

O’qchi belgisi ostida tug’ilgan bolalar va qizlar doimo kuvnoq, xushchaqchaq, yolg’izlikka toqat qilmaydigan bo’ladilar. Mazkur belgida tug’ilgan bola chaqaloqligidan yolg’iz qolishni xohlamaydi,

shovqin-suronda o’zini yaxshi sezadi va hatto uxlayveradi ham.

Ularning eng asosiy xislati – haqqoniylik, to’g’rilikdir.

U ulg’aygan sari uyda va tashqarida faol harakat qila boshlaydi. Shuning uchun xavfli narsalarni, turli kimyoviy, zaharli, o’tkir va tez alanga oladigan buyumlarni undan yashirib ko’ying.

O’z ehtiyotsizligi bilan ko’pincha g’urra bo’lib, biror joyini ko’kartirib yuradi. Bundan u qadar tashvishning hojati yo’q. Ammo kesadigan, kuydiradigan narsalarni undan yashiring. O’zining qaltis harakati bilan biron joyini sindirib olishi ham mumkin.

(Visited 1 381 times, 1 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика