Qisqichbaqa burji

qisqichbaqa burji BURJLAR

Qisqichbaqa burji

Qisqichbaqa burji SARATON OYI – QISQIChBAQA YuLDUZLARBURJI  22 iyun’ – 22 iyul’ oraligida tugilganlar. Oy boshqaradi. Mizojini belgilovchi unsur – suv. Timsoli – Qisqichbaqa. Burjiga xos ranglar – binafsha, oq, ko’k, och zargaldoq ranglari.
2,4,5,8 – baxtpli raqamlar sanaladi.

Ushbu burjda tug’ilganlar to’g’risida munajjimlar bir-biriga zid fikrda bo’ladilar. Ba’zilari ularni muloyim, yaratuvchan, hayotga moslasha olmaydigan, birovlarning g’amxo’rligiga muhtoj deb bilsalar, boshqa munajjimlar ulardan yaxshi tarbiyachi chiqadi, o’zlaridan yosh va kuchsizlarga g’amxo’r bo’ladi, deydilar.

Ba’zi manbalarda bu oyda tug’ilganlar iffatli, uyatchan, deb yozilsa, boshqalaridauddaburon, epchil, deb aytiladi. Bularning hammasi haqiqatga to’g’ri keladi. Umumiy xususiyatlarini hisobga olmaganda, ularningxarakteridagi bu ziddiyatlar qo’plab psixolog va munajjimlarni chalg’itadi.
Ular orasida amerikalik mashhur munajjim Gran Levi Saraton belgisi ostida tug’ilganlarning ichki mohiyatini aniqlashda to’g’ri yo’lni topgan.

Saraton oyida Quchiq belgisi ostidatug’ilgan erkaklar

Bu belgi ostida tug’ilgan erkaklarning ichki dunyosini bilish juda qiyin bo’lib, buning uchun ko’p vaqt va sabr-toqat talab qilinadi. Xuddi Egizaklar belgisida tug’ilganlar kabi Oy fazasi o’zgarishi bilan ularning kayfiyati ham o’zgarib, bugun bir xil bo’lsa, ertaga butunlay bosh-qacha bo’lishi mumkin.

Ba’zan o’zlarini qo’pol, xuddi begonalardek tutsalar ham, shuni unutmangki, qalban rahmdil va mehribondirlar. Ular o’z pessimizmi, o’ta ehtiyotkorligi bilan atrofdagilarni zeriktirib, g’amgin ham qilib qo’yishlari mumkin.

Ammo shunday vaqtlar ham bo’ladiki, ular, ayniqsa, oydin kechalarda xursandchilik va zavq-shavqdan to’lib-toshadilar. Biroq tezda bu shavq-zavq o’rnini tzfg’unlik, og’ir ruhiy kayfiyat egallaydi. Ular doimo nimanidir yo’qotib qo’yishdan hadiksirab yuradilar.

Saraton oyida Qisqichbaqa (Quchiq) belgisi ostida tug’ilgan ayol(qiz)lar

Ushbu oyda tug’ilgan ayol yoki qiz dunyoda hamma narsadan ko’ra ko’proq «u qadar chiroyli emasman», «u qadar aqlli emasman», «yoshim ancha o’tib qoldi»

kabi fikrlardan ko’rqadi. O’zi chiroyli, aqli raso, qomati kelishgan bo’lsa ham, mukammal emasman, degan fikrdan qiynaladi. Shuning uchun siz – yigitlar uni go’zalligiga, aqlliligiga, har jihatdan mukammalligiga ishontirishingiz zarur.

Agar siz shu belgi ostida tug’ilgan qizni yoqtirib qolsangiz yoki shunday ayolga uylansangiz, uni dengizga, daryoga, sayru sayohatga olib boring. Suv uni xotirjam qiladi. Suvni ko’rganda, kayfiyati tez o’zgaradi.

Qisqichbaqa belgisi ostida tug’ilgan bolalar

Bu oyda tug’ilgan bolalar hissiyotga juda berilgan bo’lib, boshqalar suyushini, erkalashini xush ko’radi. Ular oilaga, uyga juda ham bog’langan. Agar ota-onasi, tarbiyachisi yoki o’qituvchisi uni ko’ngildagidek ardoqlamasa, suymasa, erkalamasa, azob chekadi, uzoq vaqt ma’yus bo’lib yuradi.
Bu oyda tug’ilgan bola tabiatan intizomli, tartiblidir. Soatlab yolg’iz o’zi o’ynashi mumkin. Uni ranjitib qo’yishganda esa soatlab yig’lashi mumkin.

Quchiq belgisi ostida tug’ilgan bolalar gugurtdan, olovdan, tez ketayotgan mashinadan, qorong’udan, be- gona odamdan, chaqmoq, momaqaldiroqdan, bahaybat hayvonlardan juda qo’rqadi.

(Visited 1 771 times, 1 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика