Qoy burji

qoy burji

Qoy burji

QO’Y burji (HAMAL) 21 mart- 20 aprel oraligida tugilganlar. Mars sayyorasi boshharadi. Mizojini belgilovchi unsur – olov. Timsoli – Qo’y. Burjiga xos rang – hizil.

4,7, 9, 11 – baxtli rahamlar hisoblanadi.
Agar siz favqulodda do’stona munosabatda bo’luvchi samimiy, dadil harakat qiluvchi, ko’rishganda ko’lingizni mahkam siqib ko’rishuvchi, ko’zlari chaqnab tabassum bilan boquvchi kishini uchratsangiz, hech ikkilanmay bilingki, bu kishi Hamal burjida tug’ilgan.

Qo’y o’n ikki osmon burjining boshlang’ichi hisoblanadi. Bu burj qadimda Oltin teri deb atalgan. Bahorgi tengkunlik ushbu burjga to’g’ri keladi. Bu belgi ostida tug’ilganlarni Mars sayyorasi boshqaradi, Burjiga xos qizil rang shu bilan izohlanadi. Hamal inson bosh qismining ramzidir.

 Hamal burjida Qo’y belgisi ostida tug’ilgan erkaklar

Doimo ehtirosli. Yoshiga nisbatan navqiron qo’rinadi. Boshqalarga nisbatan kechroq voyaga etadi. O’ziga ishonuvchan, jasur va saxiydir.

Engiltak qizlarni xush ko’rmaydi. U kitobiy ishq-muhabbat shaydosi. Agar sevgi girdobiga tushib qolsa, g’oyat sadoqatli yor bo’ladi. O’ta rashkchi bo’lib, bu jihatdan Arslon burjidagilarga o’xshaydi. Umr yo’ldoshi boshqalarga nazar tashlasa ham qattiq rashk qiladi. Sevgilisini esa boshiga ko’taradi. Unga aqlan etuk umr yo’ldoshi kerak bo’ladi.

Qo’y belgisi ostida tug’ilgan kishi haqiqiy isyonkor bo’lib, o’z ustidan hukmron bo’lishlarini yoqtirmaydi. Chin sadoqatni talab qiladi. Taqdir o’yinidan bezor. Oilada hamma ishni o’z qo’liga olishga harakat qiladi.

U yaxshi tabib, jurnalist, biznesmen, bank xodimi, harbiy sarkarda bo’lishi mumkin.

Hamal burjida Qo’y belgisi ostida tug’ilgan ayollar (qizlar)

Bu belgidagi ayollar muhabbatga sadoqatli bo’ladilar. Biroq erkaklarning o’z ustidan hukmronlik qilishiga, unga buyruq berishiga toqat qilmaydilar. Ular turmushga chiqishdan oldin ham, undan keyin ham to’la erkin bo’lishni xohlaydilar.

Bu belgi ostida tug’ilgan ayol o’z sevgisidan «sovusa», boshqa bir erkakni sevib qolsa, buni ochiq tan ola biladi. Ishq-muhabbat uning uchun hamma narsadan a’lo. Ayni mahalda hamal-ayolning qiziqish doirasi keng.

Qo’y belgisidagi ayollar boshqa belgidagi ayollarga nisbatan erkaklarsiz uzoq vaqt yashay oladilar. Ular his-hayajon bilan to’lib-toshib yashashi yoki muz kabi sovuk, bo’lishi ham mumkin. Zohiran xotirjam bo’lsa-da, botinan jo’shqindirlar. Rashk o’tida qattiq qovuriladilar.

Hamal-ayol ishq-muhabbat bobida ham peshqadam bo’lib, o’z sevgisini birinchi bo’lib izhor eta oladi. Har qanday erkakni o’z hukmiga itoat ettirishga qodir. Ustiga-ustak juda ham kuchli, irodalidir.

 Hamal burjida Qo’y belgisi ostida tug’ilgan bolalar

Agar farzandingiz ushbu belgi ostida tug’ilsa, bilingki, bu farzandingizga katta e’tibor berishingiz va ko’p vaqt ajratishingizga to’g’ri keladi.

Jajjiligidan harakatchan, faol va qiziquvchan, biroq sabr-toqatsiz bo’ladi. Yolg’iz qolganda, hech yig’lamaydi. Osti ho’l bo’lib qolsa, qorni ochsa yoki biron o’yinchoqni ololmasagina yig’laydi. Uy haroratini yaxshi sezadi.

Qo’y belgisi ostida tug’ilgan bolalar emaklay va yura boshlaganda, ota-onaga ko’p tashvish keltiradi. Ular sinchkov bo’lib, hamma narsaga qiziqadi. Yangi narsalar ularning e’tibo- rini tez jalb qiladi.

Kesadigan, o’t chiqaradigan narsalar ularning qo’liga tushishiga yo’l qo’ymang, aks holda, albatta, biror hodisa ro’y beradi. Daraxtlarga chiqishni, turli to’siqlardan o’tishni yaxshi ko’radi. Shuning uchun ularni qo’zdan qochirmaslik kerak. Ammo ularning jismoniy faolligini cheklab qo’yish, hadeb tergayverish ham zararlidir.

(Visited 1 855 times, 1 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика