Sumbula burji

sumbula

Sumbula burji

Sumbula burji PARI – BUG’DOY BOShI (SUMBULA) 24 avgustp – 23 sentyabr oraligida tugilganlar.

Merkuriy sayyorasi boshkaradi. Mizojini belgilovchi unsur – tuprok. Timsoli – Pari. Burjigaxos ranglar – moviy, oq, yashil va binafsha ranglari. 3,5,6,12,20,27 – baxtli raqamlar sanaladi.

Bu belgi ostida tug’ilganlarni aniqlash qiyin emas. Ular ko’pchilik ichida o’zlarini noqulay his qiladilar, tortinchoq va uyatchan bo’ladilar. Tabiatan – odamovi. Tashqi ko’rinishidan yoqimtoy. O’ta pokiza, tartibli, modaga berilmaydi.

Pari burjining nomi qadimgi yunonlarning qo’lida boshoq ushlagan hosil xudosi Tserera va adolat xudosi Femida nomlari bilan bog’liq. Shuning uchun ham Pari belgisi bilan yonma-yon Tarozi (Mezon) burji belgisi joylashgan.

Kuzgi tengkunlik Pari burjiga to’g’ri keladi. Ularni Merkuriy sayyorasi boshqaradi. Ijobiy jihatlari: xotirjam, doimo bir maromda bo’ladi, ishchan, juda e’tiborli, ishga, burchga sadoqatli, aql-zakovatli.
Salbiy jihatlari: ehtirossiz, sovuq, iltifotsiz, cheklangan, o’z sog’lig’iga shubha bilan qaraydi, tanqid qilishga moyil, hovliqma, behalovat.

Pari burjida tug’ilganlar zohiran xotirjam ko’rinsalar-da, botinan xavotirli bo’lib, bu ularning salomatligiga salbiy ta’sir etadi.

Pari belgisi ostida tug’ilgan erkaklar

Ular dangasalikka toqat qilmaydilar, ishchan bo’ladilar. O’z yaqinlarining kamchiliklarini tez payqaydilar. O’zgalar homiyligiga toqat qilmay, mustaqillik bilan o’zigagina ishonib ish tutadilar. Odamlarning yig’loqiligi, engiltakligi, ehtirosga berilishi tufayli ularni o’zlaridan uzoqlashtirishlari mumkin. Agar bu belgi ostida tug’ilgagt kimsa o’ziga munosib umr yo’ldoshi uchrata olmasa, bundan u qadar tashvishga tushmaydi va xotirjam yolg’iz yashayveradi.

Pari burjida tug’ilganlar o’z kasbiga mehr qo’yib ishlaydi. Intizomli, o’z burchini yaxshi ado etadi. O’z taqdirini kurashlarsiz yaratishga intiladi. Dunyoqarashi aniq, xatti-harakati beg’ubordir. Yolg’on-yashiqqa, aldamchilikka toqat qila olmaydi. Boshqalar bilan esa sof, samimiy munosabatda bo’lishga intiladi.

Sumbulada (Pari belgisi ostida) tug’ilgan ayollar (qizlar)

Ular boshqa belgidagilardan farqli ravishda, yuksak romantizm bilan to’liq amaliy faoliyatni qo’shib bora olish xususiyatiga egadirlar. U biron ishni uningdek hech kim o’zichalik vijdonan va batartib bajara olmasligiga ishonadi.

Parilar ishonchli va latofatli turmush o’rtog’i- dirlar. Bunday ayollarning bolalari hech qachon yirtiq ko’ylak bilan yoki burni oqib yurmaydi. Ular o’z bolalariga qattiqqo’ldirlar. Ammo ularda jo’shqinlik kam. Doimo o’zining odamoviligidan qiynalib yuradilar.

Mazkur burj sohibalari mohiyatan muhabbat kabi beg’ubordir. Agar birinchi muhabbati qoniqtirmasa-yu, bosh-qaning muhabbatini benuqson, deb topsa, hech ikkilanmay avvalgisidan voz kechadilar. Tabiatan xudbin bo’lib, qo’p hollarda o’z yaqinlari bilan munosabatini xavf ostiga qo’yadi.

Pari belgisn ostida tug’ilgan bolalar

Pari belgisi ostida tug’ilgan bola bilan oilada juda kam hollarda to’qnashuv bo’lishi mumkin. U intizomli, sarishta bo’lib, o’yinchoqlarni o’ynab bo’lgach, joy-joyiga qo’yadi. Begona kishilar oldida juda tortinchoq va kamgan bo’ladi.

Pari belgisi ostida tug’ilgan bolaning tili ancha erta chiqadi va katta bo’lgan sari onasining atrofida uymalashib, ko’proq uy ishlari bilan shug’ullanadi. Berilgan topshiriqlarni ortiqcha gap-so’zlarsiz, indamay bajaraveradi. Maktabga borganda esa o’z odobi, topshiriqlarni doimo o’z vaqtida, tartibli bajarishi bilan sevimli o’quvchiga aylanadi. Lekin qo’pchilik oldida berilgan tanbehni juda og’ir oladi.

(Visited 1 686 times, 1 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика