Taka burji

BURJLAR

Taka burji

Taka burji JADIY – TAKA (O’G’LOQ) YuLDUZLAR BURJI 22 dekabr – 20 yanvar oraligida tugilganlar.

Saturn (Zuhal) sayyorasi boshharadi. Mizojini belgilovchi unsur – tuproh. Timsoli – tog Takasi. Burjiga xos ranglar – hora, yashil, to’h jigarrang.

3,5,7,8,14 – baxtli rahamlar sanaladi.

Taka burji nomi bilan Erning janubiy tropik qismi nomlangan. Ikki ming yillar avval bu burjda qishki Quyosh turishi nuqtasi mos kelgan. Hozir bu nuqta O’qchi burjiga to’g’ri keladi. Fazogirlar

Taka burjidan koinotda yo’nalish ko’rsatkichi sifatida foydalanib, uni uchar qanot deb ataydilar.
Taka – Tog’ xudosi timsolini beradi. Qadimgi misrliklar tasavvurida Tog’ xudosi yovuzlik ramzi – Set xudosi bilan abadiy kurashda.

22 dekabr – 20 yanvar o’rtasida tug’ilganlarni Saturn (Zuhal) sayyorasi boshqaradi. Bu belgida- gilarni bilish ancha qiyin bo’lib, ularni ko’proq jamiyatning yuqori tabaqasi orasidan qidirishga to’g’ri keladi. Ularning tashqi ko’rinishini ham tasvirlash mushkul. Ular baquvvat, qotma, prujinasimon yoki aksincha, do’mboq va yumshoq tabiatli bo’ladilar. Ko’pchiligi bug’doy rang, qora soch, nigohi o’tkir, qora ko’z yoki qo’y ko’z bo’ladi.

Jadiy oyida tug’ilganlarning ijobiy jihat- lari: ularningo’z oldiga ko’ygan muayyan maqsadlari bo’ladi, ular ehtiyotkor, mehnatsevar, javobgarlik hissi kuchli, yuzaga kelgan qiyinchilikny sabot bilan engib o’ta oladigan, ham bo’ysunib, ham boshqalarga buyruq bera oladigan, qat’iyatli, chekinmas, tadbirkor bo’ladilar.
Salbiy jihatlari shundan iboratki, ular tez jonga tegadi, hamsuhbatini zeriktirib qo’yadi, bilimi cheklangan, ko’proq eskilik tarafdori bo’lib, sharoitga qiyin moslashadi, badgumon, rashkchi, odamovi, dilgir, g’amgin va hokimiyatparastdir.

Taka burji Jadiy oyida tug’ilgan erkaklar

Taka burjida tug’ilgan erkaklar yil sayin yosharib borib, muhabbat domiga boshqalarga nisbatan kech ilinadilar.

Biror amal yoki mavqega ega bo’lgandan keyingina oila qurishlari mumkin. Oila rishtalariga qattiqroq bog’langanligi sababli ota-onasi bag’ridauzoqyashaydi.

Binobarin, bunday erkak bilan turmush qurmoqchi bo’lgan ayol yoki qiz, eng avvalo, uning ota-onasi hurmatini joyiga qo’yishi, ularga yoqishi kerak bo’ladi. Aks holda undan umidini uzgani ma’qul.

Taka belgisi ostida tug’ilgan erkak odatda, sadoqatli er bo’lib, o’rta yoshdan o’tgandan so’ng boshqa ayollarga nazar tashlashi mumkin.

Ular hissiy kechinmalarini so’z bilan ifoda qila olmaydilar va buni yoqtirmaydilar ham. Shu jihatdan ularni tarbiya qilmoq zarur. Bunday erkakning turmush Zftog’i unga muhabbat izhor qilmasa, ta’na ostida qoladi.

Ayni mahalda ular boshqa burjda tug’ilgan erkaklarga nisbatan sadoqatliroq bo’lib, turmush o’rtog’i ularning vafodorligini qadrlay bilishi kerak. Shuni ham ta’kidlash zarurki, ular o’z rafiqalarini turmush tashvishlari va ko’ngilsizlik- laridan muhofaza qila oladilar.

Taka burji Jadiy oyida Taka belgisi bilan tug’ilgan ayol (qiz)lar

Ushbu oyda tug’ilgan ayol (qiz)lar og’ir-vazmin, fe’l-atvori yaxshi, ishq-muhabbatda barqaror, ehtirosli ko’rinadilar. Ularning kayfiyati tez o’zgarib turadi va uzoq vaqt ruhiy tushkunlikda yurishadi.

Agar uning qadriga etilmasa yoki unga nisbatan yomon munosabatda bo’linsa, haftalab, hatto oylab ruhiy tushkunlikda yurishi mumkin. Shzlning uchun uni iloji boricha lozim darajada qadrlab, vaqti- vaqti bilan maqtab turmoq lozim.

Jadiy oyida tug’ilgan qizlar o’smirlik yoshida u qadar qo’zga tashlanmasalar-da, vaqt o’tib birdan gulday ochilib ketadilar. O’rta yoshlarda esa husnu tarovati yosh qizlarnikidek bo’ladi. Ularning bada- ni nozik, allergiyaga beriluvchan bo’ladi. Ular uchun upa-elikdan foydalanish shart emas va ko’plari foydalanmaydilar ham. Jadiy oyida tug’ilgan ayollar 60 yoshida ham ko’zga chiroyli ko’rinadilar.

Taka burji Jadiy belgisi ostida tug’ilgan bolalar

Jadiy oyida tug’ilgan bolalar yoshlarga xos bo’lmagan aqlga va kamolga ega bo’lib, ko’pincha ota- onalarini, oila a’zolarini o’z qobiliyati bilan noqulay ahvolga solib qo’yadilar.

U bilan bolalar- cha, tilingizni chuchuk qilib gapira, sizga shunday nazar bilan qaraydiki, yashiringani joy topa olmaysiz.

Ushbu oyda tug’ilgan bola kuchli irodasi bilan va muayyan maqsadni ko’zlab faoliyat yuritishi bilan boshqa bolalardan ajralib turadi. U qo’p injiqlik qilmaydi. Ammo xohlamagan ishini bajarishga majbur qilib bo’lmaydi.

Bunday bola ulg’aya borgani sari tartibli va hatto, sinchkov, o’ta rasmiyatchi bo’lib boradi. O’z o’yinchoqlari, kitoblarini tartibli saqlaydi. Kun tartibiga oson ko’nikadi.

Bunday bolalar va qizlar o’z uyini, oilasini juda sevadilar. Shuning uchun ko’cha changitib yurishdan ko’ra qo’proq uyda bo’lishni yoqtiradilar. Mak- tabda o’qish davrida qiynalmaydilar.

Agar Jadiy burjida tug’ilgan bola maktabda darslarni yaxshi o’zlashtira olmayotgan bo’lsa, bu uning dangasaligi tufayli emas, balki qaysidir mashg’ulotni o’tkazib yuborganligi, natijada keyingi mavzularni yaxshi tushunmayotganligidandir. Demak, unga tushunmagan joylarini yaxshilab o’rgatish kerak bo’ladi.

Ota-onalar ham, o’qituvchi ham bunga alohida e’tibor bermoqlari zarur. Faqat uni hech qachon boshqalar bilan taqqoslamang, unga kimnidir namuna qilib ko’rsatmang, o’z tengqurining xizmatini, fazilatini oshkora va namoyishkorona ayta ko’rmang!

Chunki u mehnatsevar, tirishqoq va izzattalabdir. Bunday munosabatdan xafa bo’ladi, diqqati oshadi, asabiylashadi va oqibatda, birtalay noxushliklar yuz beradi. Shuni yaxshi bilingki, bunday vaziyatda u pand-na- sihatga, tanbehga emas, amaliy yordamga muhtojdir.

(Visited 598 times, 1 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика