Torozi burji

Torozi burji

Torozi burji

Torozi burji TAROZI – MEZON YuLDUZLAR BURJI 24 sentyabr – 23 oktyabr’ oraligida tugilganlar.

Zuhro sayyorasi boshharadi. Mizojini belgilovchi unsur – havo. Timsoli – tarozi. Burjiga xos ranglar – to’h ko’k, yashil, moviy ranglar.

2,6,7,8,9.15 – baxtli rahamlar sanaladi.

Tarozi burjida uchta yulduz yaqqol ko’zga tashlanadn. Ularning biri – tarozining o’qi kabi yuqorida va ikkitasi – tarozining pallalari sifatida chap va o’ng tomonlarida joylashgan. Ikki ming yillar avval bu oyga quzgi tengqunlik to’g’ri kelgan. Tarozi – burjlar ichida yagona jonsiz predmet belgisi hisoblanadi.

Bu oyda tug’ilganlarni Zuhro yulduzi boshqaradi. Ulardan ko’pchiligining yuzida kuldirgichi, jag’i ostida yoki tizzasi ustida chuqurcha bo’ladi. Keksalarning aytishicha, bunday kishilarning ichida «shay- toni» bo’lar emish.

Har holda ularning «shaytoni» doimo bo’lmasa ham ba’zan o’z «hunarini» ko’rsatib turishini kuzatish mumkin. Tashqi ko’rinishidan yoqimtoy, ovozi mayin bu odamlar ko’pincha sodda, go’l va ishonuvchan bo’ladi.

Tarozi belgisi ostida tug’ilgan kishilarning ijobiy jiqatlari: xushfe’l, muloyim, royish, kirishimli, dilbar, jozibali, yaxshi ta’bli, orasta, kelishgan, nazokatli, andishali, sabrli, kelishuv- chan, barqaror qadriyatlar tizimiga ega bo’lib, har qanday vaziyatda ishning qiyinchilik tug’dirmaydigan, beg’alva tomonini topa olish qobiliyatiga ega bo’ladilar.

Salbiy jihatlari shundan iboratki, ular qat’iyatli emas, yolg’izlikni ko’tara olmaydi, arzimas narsa tufayli behalovat bo’ladi, boshqalarga o’rinli-o’rinsiz maslahat beradi, kutilmaganda kayfiyati o’zgaradi.

Torozi burji belgisi ostida tug’ilgan erkaklar

Ular barqarorligi, epchilligi, chapdastligi bilan atrofdagilarning mehrini qozonib, boshqalarga o’rinli maslahat bera oladilar. Har bir muammo, munozarali masalalar yuzasidan aniq xulosa va qarorga kela oladilar.

Ular siz bilan shu qadar yoqimli va muloyim munosabatda bo’ladilarki, natijada ba’zi kamchiliklarini unutib yuborasiz. Hatto uning orzu-istaklari sizning orzu-istaklaringiz bo’lib qoladi.

Ularning dilbarligi Chayon belgisi ostida tug’ilganlarning gipnoz qila olish xususiyatidan farq qiladi. Unda hech qanday g’ayritabiiylik yo’q. Mezon burjida tug’ilganlar fe’l-atvorida ziddiyatlar kuchli, hayoti esa behalovatdir. Agar o’z maromini, muvozanatini topa olsa, ular bilan birga bo’lish engil, yoqimli va quvnoq kechadi.

Torozi burji belgisi ostida tug’ilgan ayollar (qizlar)

Bundaylar haqiqiy topilmadir. Ular ko’plab fazilatlarga ega bo’ladilar.
Bunday ayollar oilaviy va hayotiy masalalarda o’z turmush o’rtog’iga o’rinli maslahatlar bera oladilar.

O’zining biyron tili bilan har qanday munozarada turmush o’rtog’ini o’ziga og’dirib olishi mumkin. U buni hech bir janjal-to’polonsiz, aksincha xushmu- omalik bilan bajara oladi.

Bu ayol shaxsiy hayotda ham, ish faoliyatida ham yolg’izlikni yoqtirmaydi. Odatda, Tarozi belgili ayollar mulo-yim, ammo ma’- lum jihatdan qattiqko’l onadirlar. Uning uchun er birinchi darajadagi oila boshlig’idir.

Torozi burji belgisi ostida tug’ilgan bolalar

Tarozi belgisi ostida tug’ilgan bolalar yolg’izlikni yoqtirmaydilar. Garchi biron kimsa u bilan muloqotga kirishmasa ham yon-atrofida bo’lishining o’ziyoq bolani tinchlantiradi. Tarozi belgisidagi bolalarning istarasi issiq, yoqimtoy, xushbichim bo’- lib, ko’plarning kuldirgichi bo’ladi.

Tug’ma go’zallik shaydosidir. U jo’shqin yoki g’amgin, mungli musiqa- ni yoqtirmaydi. Ayniqsa, ota-onalarining o’zaro mojarolarini qo’tara olmaydi. Shu bois, uning ol- dida ovozingizni baland ko’tarmang, o’zaro janjallashmang va tortishmang. U bunday noxushliklardan ezilishi va oqibatda kasal bo’lib qolishi mumkin.

Tarozi belgisidagi go’dak cho’milishni uncha xush ko’rmaydi. Faqat bir oz katta bo’lganda, boshqa bo- lalar bilan birgalikda cho’milishni yoqtiradi.

(Visited 1 128 times, 1 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика