Tush 2018 I HARIFIGA ZAMONAVIY TUSH TABIRI MALUMOTLAR
ism Tushda insonning o’z ismi bilan chaqirilganini ko’rishi odamlar orasida yaxshi tanilishga, yomon nom qozongan ism bilan chaqirilishi qusurli hol va munosabatlarga, yaxshi insonlarning ismi bilan chaqirilish yaxshi tanilishga va xayrli, yaxshi gaplar bilan xotirlanishga, yodga olishga ishoradir.
ishq
Tushda oshiq ^o’lganini ko’rmoqlik nafsiga bo’ysunish demakdir.
ILIQ SUV
Tushda toza havoda sayr qilib kelib iliq suvda yuvinsa xafagarchilik va qayg’udan qutilishga, quvonchga ishoradir.
isinmoq Olov yonida mazza qilib isinib o’tirganini ko’rish g’am va tashvishdan qutilishga ishora.
IBODAT
Tushda Alloh uchun ibodat qilayotganini ko’rish ikki dunyo saodatini qo’lga kiritishga ishora.
ichmoq
Tushda shirin va mazali suv ichganini ko’rish ilm va hidoyatga; saharda yaxna va mazali suv ichganini ko’rish halol daromad kilishga ishora.
ichkilik
Tushda ichkiliklarni ko’rib, ichmasdan faqat tomosha qilsa, asl umr yo’ldoshga ishora.
IGNA
Tushda igna ko’rish kambag’al uchun boylikka; oila qurishga; ishlarning rivojlanishiga ishora. Homilador ayol tushida igna ko’rsa farzandi qiz bo’ladi. Tush 2018
IGNA (2)
Ibn Siyriyn aytibdirlarkim, har kim tushida igna bilan bir narsani tiksa, parokanda ishlari jam bo’lgay, hojati ravo bo’lgay. Kiyim tiksa ahvoli yaxshi va saloh bo’lgay. Agar ignasi yo’qolsa, ahvoli parishon bo’lgay. Agar ignasi ko’p bo’lsa, ko’p yaxshi bo’lgay.
imom
Tushda imom ko’rish ish joyingizda katta mavqega ega bo’lishingiz ishorasidir.
imzo
Tushda biror hujjatga imzo qo’yishni ko’rish ishlarning samarali yakunlanishiga ishoradir.
IPAK KO’YLAK
Boy va e’tiborli qizga uylanishga ishora. Murda ustida ipak ko’ylak ko’rish o’sha inson mozorida tinch va rohatda yotganidan dalolat beradi.
ISh
Tushda doim ishini o’ylab brganini ko’rish yuksak martabali insonga ishoradir. Ishini chala qilganini ko’rgan kishi ishsiz qolishidan dalolat beradi. Tushda ishdan bo’shatilganini ko’rish inson orzu kilgan tashkilotga ishga o’tishiga ishoradir. Tush 2018
IT
Tushda it ko’rish gunoh qilishdan qaytmagan, kayf- safoga berilgan axloqsiz odamdan dalolat beradi.
ilon
Tushda ilon ko’rish yashirin dushman; ayol, farzand, beklik, kundalik hayotning yaxshilanishiga ishora. Yostig’i yoki yotog’i ustida ilon o’ldirish xotinining vafot etishi bilan ta’bir qilinadi.
ILON (2)
Ibn Siyriyn aytibdirlarkim, har kim tushida ilonni ko’rsa, dushman bo’lgay. Agar/uyida/ko’rsa, dushmani o’z uyida bo’lgay. Sahroda ko’rsa dushmani begona bo’lgay. Ilon birla jang qilsa, dushman birla urushgay. Agar ilo^ni o’ldirsa, dushmanidan xalos bo’lgay. Agar ilon zarar efsazsa, dushmandan zahmat etgay. Ilon qancha katta bo’lsa, Dushman ham shuncha katta bo’lgay. Agar ilonlar jam bo’lsa dushmanlar jam bo’lib o’rtaga olgaylar.
imom
Agar har bir kishi tushida bir qavmga imom bo’lib, namoz o’qisa, albatta aziz va mukarram bo’lib, sardor bo’lgay, hamma unga itoat etgay. Ismoil alayhissalom aytibdirlarkim, har kim tushida imom bo’lib, namozni qancha komillik bilan o’qisa, obro’ topgay. Agar namozda nuqsonlikka yo’l qo’ysa, moliga nuqson etgay. Tush 2018
ISTIG’FOR
Ibn Siyriyn aytibdirlarkim, har kim tushida istig’for aytsa, alloh taolo unga molu farzand ato qilgay. Imom Ja’far Sodiq alayhissalom aytibdirlarkim, istyg’for 4 narsag a dalolat qilg’ay:
1. Mol.
2. Farzandi arjumand.
3. Gunohdan forig’lik.
4. Tavba-tazarru.
iyd
Ibn Siyriyn aytibdirlarkim, har kim tushida Iydi qurbon yoki Iydi ramazon bo’lib, odamlarni yangi kiyimda, xursandlik holda ko’rsa, izzat va hurmati ziyoda bo’lib, g’amdan ozod bo’lgay.
Ushbu maqolalarni ham o’qing:
IKKI KO’ZI KO’R
Ibn Siyriyn aytibdirlarkim, har kim tushida ikkala ko’zi ko’r bo’lib qolganini ko’rsa, dalil bo’lgayki, dini islomdan ayrilibdir. Agar biri ko’r bo’lsa, yarim dinidan ayrilibdir yoki gunohi kabira qilgandir.
Tavba va istig’for aytsin. Agar birovni ko’r qilsa, uni zalolatga boshlagay.
Mag’ribiy aytibdirlarkiM, agar tushida ikki ko’zi ko’r bo’lsa, bir yaxshi zarur ish qo’lidan ketgay.
IMORAT
Ibn Siyriyn aytibdirlarkim, har kim tushida masjid, madrasa yoki biron imorat qura olsa, oxiratda obod bo’lgay. Agar o’ziga kerakli imorat qursa, bu dunyoga kerakli foydani ko’p qilgay va xursandlikni ko’p ko’rgay. Agar imoratlik joylarning xarob bo’lganini ko’rsa, g’am-anduh, musibat etgay. Tush 2018
IFLOSLIK
Ibn Siyriyn aytibdirlarkim, har kim tushida jomasini kir ko’rsa, g’am-anduh etgay. Sadaqa bersin, falokatlar daf bo’lgay.