TUSH N HARIFIGA ZAMONAVIY TUSH TABIR HAQIDA MALUMOTLAR
NIMChA Tushda nimcha ko’rmoq uzoq joyga ketish ma’nosini anglatadi. Nimchani o’z ustingizda ko’rmoq holatingiz yaxshilanishi, qayg’u-hasratlardan uzoqlashishingizga dalolat beradi.
nomzod
Insonning tushda o’zini har qanday ish uchun nomzod bo’lganini ko’rish, agar haqiqatdan shunday bo’lsa, nomzodlikni qo’lga kiritishidan dalolat TUSH beradi.
non
Tushda oq non ko’rish halol yo’l bilan topilgan va hazmi qulay bo’lgan rizqqa; qora non kun kechirishdagi qiyinchiliklarga; achchiq non yo’qchilik bilan kun kechi- rishga ishoradir. Tushda non savatini ko’rish xushxabardan dalolat beradi.
NON (2)
Hazrati Doniyol alayhissalom aytibdirlarkim, har kim tushida yaxshi pishgan nonni esa, aysh-ishrati ziyoda bo’lgay. Agar qora non ko’rsa va esa, noxushlik ko’rgay. Agar nonni olib, uyiga olib kelsa, rizqi ziyoda bo’lib, uyiga barakot bo’lgay. Qancha nonni ko’rsa yoki olsa uning miqdoricha mol hosil bo’lgay. TUSH
NOG’ORA
Ibn Siyriyn Rahmatulloh alayh aytibdirlarkim, har kim tushida chirmanda, nog’ora chalsa, odamlarga amri ma’ruf qilgay.
NAFAQA
Tushda xotiniga nafaqa berganini ko’rish moddiy ahvoli yaxshilanishi va serfarzand bo’lishiga ishora.
NAMOZ
Namoz o’qishni ko’rish gunoh ishlardan tgak silkimoq; turli yomonliklardan uzoq yurish; qo’rkuvdan qutilishga ishoradir.
NUR
Tushda nur va yorug’lik ko’rish to’g’ri yo’ldan yurish va hidoyatga ishoradir.
NO’XAT
Tushda no’xat eyish tashvish va kayg’udan dalolat beradi.
nok
Tushda nos ko’rish ato qilinadigan biror ne’mat va mol-dunyoga ishoradir. Bir qancha noklarni to’plangan ho- lida ko’rish katta davlatga voris bo’lishdan dalolat beradi. TUSH
NOK (2)
Ibn Siyriyn aytibdirlarkim, har kim tushida nok esa yoki nok olsa, halol mol qo’lga kirgay. Agar sariq nok olsa yoki esa bemor bo’lgay. Sadaqa bersin. Imom Sodiq aytibdirlarkim, kishi nokni tushida ko’rsa 5 narsaga dalolat bo’lg’ay:
1. Moli halol , 2. Boylik
3. Xotin
4. Murod hosil
5. Manfaat.
Ushbu maqolalarni ham o’qing: