Tush ta`biri Y HARIFIGA ZAMONAVIY TUSH TABIRI TO`PLAMLARI
YoPMOQ Tushda yangi eshikni yopish bo’ydoq uchun pokiza va soliha qizga uylanishga ishora.
YoMG’IR
Tushda yomg’ir yog’ganini ko’rish savob va rizqqa ishora. Tushda yomg’ir suvi qo’rquvdan xalos bo’lishdan dalolat beradi. Tushda shamsiya (soyabon) ko’rish katta shuhrat, kuch- qudrat, savdogar uchun foydali savdoga ishora.
YoMG’IR (2)
Hazrati Doniyol alayhissalom aytibdirlarkim, har kim tushida yomg’ir ko’rsa, barakotu rahmat bo’lg’ay. Alloh taolo, agar yomg’ir bir joyda qattiq yog’sa, o’sha joyga ranju bemorlik etkazgay. Agar ohista yomg’ir yog’ib turgan bo’lsa xayri manfaat bo’lgay. Imom Ja’far Sodiq Rahmatulloh aytibdirlarkim, tushida yomg’ir ko’rish, 12 narsaga dalolat qilgay:
1. Rahmat.
2. Barakot.
3. Yaxshi tilak.
4. Ranju bemorlik.
5. Og’ir mehnat.
6. Xoru-zorlik.
7. Qon to’kmoq.
8. Qahatchilik.
9. Fitna-fasod.
10. Omon topmoqlik.
11. Kufr qilmoqlik.
12. Yolg’on so’zlamoqlik
YoLG’ON
Tushda yolg’on so’zlaganini ko’rish aqlsizlik va axmoqlik bilan ta’bir qilinadi.
YoSTIQ
Tushda yostiq ko’rish din go’zalligi, taqvo, maqom bilan ta’bir qilinadi. Tushda yostiqqa suyanish ne’mat, qadri baland bo’lishiga ishora. tush ta biri
YoMBI
Ibn Siyriyn aytibdirlarkim, xar kim tilla ko’rsa, bemor bo’lgay yoki tashvish paydo bo’lgay. Agar tilla yo’qotsa bemorlikdan shifo topgay. Agar obodonlik joydan topsa, albatta shifo bo’lgay.
YoNG’OQ
Tushda yong’oq ko’rmoqlik mol-davlat bilan ta’bir bo’ladi. Yana yong’oq solih insonlardan, yaxshi og’aynilardan, tana sog’lig’idan va uzoq safardan dalolat beradi.
YoVVOYI MALINA
Tushda yovvoyi malina to’plaganini va eganini ko’rish rizq va turmush qurishga ishoradir.
YoSh QIZ
Tushda yosh qiz xushxabar; chiroyli qizlar ko’rish yaxshilik va dunyo manfaatiga; xunuk qiz ko’rish harom mol va zararga ishora.
YoQIMLI HID TARATUVChI MAYSALAR
Tushda yoqimli hid taratuvchi maysani ko’rish yoki uni hidlash tashvishlardan qutilishga; savob ishlar qilishga; va’dasining ustidan chiqishga, farzand ko’rishga ishoradir. tush ta biri
YoG’ (2)
Ibn Siyriyn aytibdirlarkim, har kim tushida saryog’ni ko’rsa yoki esa, gamgin va bemor bo’lgay. Agar birovga bersa, ul odam bemor bo’lg’ay.
Ushbu maqolalarni ham o’qing:
YoG’ (2)
Ibn Siyriyn aytibdirlarkim, har kim tushida yog’ esa va olsa, u go’shti halol, molning yog’i bo’lsa, ko’p davlat va halol mol unga nasib etgay.
Imom Ja’far Sodiq Rahmatulloh aytibdirlarkim, tushida yog’ni ko’rish 3 narsaga dalolat bo’lgay:’
1. Farog’at.
2. Ko’p mol.
3. Kushoyishlik.
YoG’ (2)
Hazrati Donyyol alayhissalom aytibdirlarki, har kim tushida yog’ni k^rsa, mol va ne’mat bo’lgay va ba’zilar aytibdirlarkim, meros bo’lgay. Agar qo’y yog’i yoki saryog’ bo’lsayu, undin esa, uning mikdoricha mol va ne’mat topgay, aziz va mukarram bo’lgay.
Bodom yog’i, belison yog’i, kunjut yog’i, binafsha yog’i, zaytun yog’i – bular ham manfaatga dalolat qilgay. Agar badaniga yog’ sursa bemor bo’lgay, agar yog’lar xushbo’y bo’lsa, yaxshi bo’lgay. Agar badbo’y bo’lsa yomon bo’lgay.
Ismoil alayh aytibdirlarkim, yog’larning hammasi ham yaxshi bo’lmagay. Magar zaytun yog’i esa, mol va davlat bo’lgay. Agar badaniga sursa, g’am bo’lgay. tush ta biri
YoQUT
Ibn Siyriyn aytubdirlarkim, har kim tushida yoqut olsa, xushro’y va moldor xotin qo’liga kelgay yoki sohibjamol kaviz olgay yo xotini chiroyli qiz tuqqay. tush ta biri
Imom Ja’far Sodiq Rahmatulloh aytibdirlarkim, tushida yoqutni ko’rish, 6 narsaga dalolat qilgay:
1. Halol mol.
2. Xushro’y kaniz.
3. Ilm.
4. Farzandi qobil.
5. Birodari solih.
6. Soliq qiz farzand.
YoZGI LIBOS
Ibn Siyriyn aytibdirlarkim, har kim tushda yozda kiyadigan kiyimni qishda kiysa, dalil bo’lgayki, moli ziyoda bo’lgay. Ammo xavf bo’lgay. Har kim tushida o’ngida kiyadigan kiyimdan yaxshi kiyim kiysa, qadri va manziloti ziyoda bo’lgay va agar past kiyim kiysa, qadri kam bo’lgay.
Agar zohid (darvesh, qalandar)lar, ulamolar kiyimini kiysa, qadri manzilot topgay. Agar fosiqlar kiyimini kiysa, dalil bo’lgaykim, gunohga ko’p moyil bo’lgay. Tavba qilsin. Kiyimi qanchalik pok bo’lsa, dini ham pok bo’lgay. Iflos bo’lsa, iflos bo’lgay.