Tushda kiyim

tushda kiyim 1

Tushda kiyim

Tushda kiyim  TO’QIMOQ   – Ibn Sirinning aytishicha, tushda kiyim to’qimoq safarni,

to’quvchi esa musofir kishini bildiradi. Agar kiyim to’qiyotganini ko’rsa, safarga borishini bildiradi. Aytishlaricha, tushda kiyim to’qisa xusumatni bildiradi.

tushda kiyim

Tushida kiyim to’qib ipini uzsa, o’rtadagi xusumatni bartaraf bo’lishini bildiradi Agar arqon yoki ipga tob berayotganini ko’rsa, safarga hozirlikni bildiradi.

Kirmoniyning aytishicha, ipak o’rniga odl,iy ipdan yoki kanop ipdan libos to’qiyotganini ko’rsa, yomon bo’ladi, chunki bu xiyonatni bildiradi.

tushda kiyim 2

Agar kiyimni to’la to’qib, ipini qirqsa, safarga borishi va ishlari to’liq amalga oshishiga dalildir. Agar to’liq to’qib bitirmaganini ko’rsa, ishlari notavon bo’li shini bildiradi.

Jobir Mag’ribiyning aytishicha, tushida to’quvchilik qilayotganini ko’rsa, odamlardan uning o’rtasiga xusumat tushishi, ammo holi yaxshi bo’lishi, biroq odamlardan unga ta’na va malomatlarning etishini bildiradi.

KINDIK

(NOF) – Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi kindik xotin yoki qo’l ostidagi kanizak bo’ladi. Tushida kindigi tushib qolganini ko’rsa, xotinini taloq qilishi yoki kanizagining o’lishiga dalildir.

 

Tushida kindigining kesilganini ko’rsa, xotinining o’lishi va barcha ishlarining izdan chiqishiga dalildir.

 

Tushida kindigi kichrayib qolganini ko’rsa, ta’biri buning aksiga bo’ladi. Tushida kindigida teshik paydo bo’lganini ko’rsa, ahvolida nuqson paydo bo’lishiga dalildir.

Mag’ribiyning aytishicha, tushida kindigi yoki ko’kragida chiziqqa o’xshab mo’y chiqqanini ko’rsa,

 

Payg’ambar (s.a.v.) sunnatlarini bajarishga rag’batli bo’lishiga dalildir. Tushida kindigining tomiri kesilganini ko’rsa, ota yoki onasidan judo bo’lishini bildiradi.

 

Agar kindigidan to qornigacha yorilganini ko’rsa, dono va bilimdon bo’lishiga dalildir, biroq boyligi ketadi.

Ismoil Ash’asning aytishicha, tushida birovning kindigini kesganini va eb yuborganini ko’rsa, uning mikdoricha mol yo’q bo’lishiga dalil bo’ladi.

Ja’far Sodiqning aytishicha, tushdagi kindik besh narsaga dalildir: chiroyli xotinga; kanizakka; boylik va rizq-qa; o’g’ilga va ota-onaga.

KIPRIK (MIJGON) – Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi kiprik dinni asrash bo’ladi. Tushida kipriklari qimirlayogganini ko’rsa, bemor bo’lishiga dalildir. Tushida ko’z kipriklari to’kilib ketganin ko’rsa, dinida buzilish paydo bo’lishiga dalildir.

Kirmoniyning aytishicha, tushida kipriklarining qayrilganini ko’rsa, uning mikdoricha moliga ziyon etishini bildiradi. Kipriklarining harakatga kelganini ko’rsa, bemor bo’lishiga dalildir.

Ja’far Sodiqning aytishicha, tushdagi kiprik to’rt narsaga dalildir: dinni asrashga; muvofiq do’stga; boylik va rizqqa; shodlikka. Umuman, kiprikda ko’rilgan barcha yaxshilik va yomonlik shu to’rtta narsaga dalildir.

TUSHDA BALIQ

(Visited 716 times, 1 visits today)

Related posts

Leave a Comment