Tushda podshox
Tushda podshox – Ibn Sirinning aytishicha, o’n ikki narsa bor- dirki, bu o’n ikki narsani tushida
ko’rsa, podshohlikka dalil bo’ladi: payg’ambar alayhissalom uni imom qilganini;
ikkinchi — shar’iat ilmlarini o’rganayotganini;
uchinchi — payg’ambar alayhissalomning qulog’ini o’z oldida ko’rsa, ya’ni takbir va namozda muntazir bo’lsa;
to’rtinchi — Rasululloh sollalohu alayhi vasallamning minbarda xutba o’qiyotganini;
beshinchi — Rasulullohning libosini kiyganini;
oltinchi — barmog’ida uzuk bor- ligini;
ettinchi — quyosh yoki oyga aylanib qolganini; sakkizinchi — o’z badani daryoga aylanib qolganini; to’qqizinchi — ko’zi shahar devoriga aylanib qolganini;
o’ninchi — ko’zi jomi’ masjidining mehrobiga aylanib qolganini;
o’n birinchi — o’lgan podshoh unga o’z uzugini berganini;
o’n ikkinchi — ko’zlari sigirga aylanib qolganini ko’rsa. Bu o’n ikki narsani tushda ko’rmoq saltanat va podshohlik topmoqqa dalildir.
Hazrati Doniyolning aytishlaricha, podshoh libos yoki kuloh berganini ko’rsa, u o’z xalqiga rais yoki hokim bo’lishiga dalil bo’ladi.
Agar podshohning boshida yangi pokiza bosh kiyimini borligini ko’rsa, bu uning izzati va obro’yi, iqboli, ishlarining sozligi va umrining uzun bo’lishiga dalildir.
Agar podshohning boshida kir va yirtiq boshkiyim ko’rsa, podshohning ahvoli yomon bo’lishiga dalildir. Podshohning boshida Rasul alayhissalomning davridagi sahobalar boshida bo’lgani kabi salla borligini ko’rsa, adolat va insof bilan ish tutuvchi podshohlikka etishiga dalildir.
Agar podshohni shamol
ko’targanini va shamol uning izmida bo’lganini ko’rsa, jahon podshohligini egallashiga dalildir.
Agar podshoh bo’lib qolganini ko’rsa, tush ko’ruvchining badavlat bo’lishiga dalildir. Podshoh uning saroyi yoki ko’chasiga kirganini ko’rsa va kirgan joyda yig’izori va nafrat hollari yuz berganini ko’rsa, podshoh tomonidan o’sha mavze ahliga g’amu kulfat etishiga dalildir.
Agar podshoh kirgan joyda unga qarshilik qilinmayotganini ko’rsa, o’sha mavze ahliga ziyon-zahmat etmasligiga dalil bo’ladi.
Kirmoniyning aytishicha, podshoh o’lsa va dafn qilinmasa, unga yig’lamayotgan bo’lsalar, kafanlamayotgan yoki tobutini ko’tarmayotgan bo’lsalar, bu podshoh saroyining ba’zi qismlarining xarob bo’lishiga dalildir va dili g’amgin bo’lishining ehtimoli borligiga ham dalolat qiladi.
Agar podshoh Ka’baning o’z saroyiga aylanganini yoki uning saroyi Ka’baga aylanyb qolganini ko’rsa, mamlakatining hech qachon zavol topmasligi va dushmandan omonda bo’lishiga dalildir.
Agar podshoh birovga salom qilsa yoki birov podshohga salom bersa, g’amu anduhdan omon bo’lishiga dalolat qiladi. Agar podshoh qo’lida arqon borligini ko’rsa, to’g’ri yo’lga yurishi, adolat va insof bilan yo’l tutishiga dalildir.
Jobir Mag’ribiy aytadiki, agar podshoh huzurida bo’lganini ko’rsa, podshohdan bahramandlik va nasiba topadi.
Agar podshohni o’ziga qarashli saroy yoki ko’chada libosda ko’rsa, podshoh obro’yining oshishiga, ulug’ligi va qudrati yuksalishi, a’yonlari, xodimlari, mol va xazinalari ko’payishiga
dalildir. Agar podshohda biror kamchilik ko’rinsa, ta’biri yuqorida aytilganning aksi bo’ladi.
Kirmoniyning aytishicha, podshoh yuzini osmonga qilib uxlayotgan bo’lsa, podshohligi ketishiga dalildir. Agar podshoh erga kirib ketganini ko’rsa, o’zga bir podshohdan hurmat va e’tibori oshishiga dalildir.
Ja’far Sodiq aytadiki, agar bir kishi podshohni ochiq yuzli va hurram holda ko’rsa, ishlari yurishib ketishiga dalildir. Agar biror kishi tushida podshohning vazirini ko’rsa, tezda sozlik topadigan biror ishni amalga oshirishiga dalildir.
Agar podshohning Xojibini (eshik og’asi)ni ko’rsa, ishlarining buzilishi, biroq oqibat natijada murodiga etishiga dalildir.