Tushda to`y

tushda to`y

Tushda to`y

Tushda to`y – Ibn Sirinning aytishicha, tushida to’y qilib, xotin olganini, biroq kelinni tanimasligini va nomini ham bilmasligini ko’rsa, o’lishi yoki o’ldirilishiga dalildir. Agar kelinni uyiga keltirib, u bilan uxlaganini ko’rsa, ulug’lik topishi, o’zining mulki bo’lmagan bir mulk uniki bo’lishiga dalildir.

tushda to`y

Kirmoniyning aytishicha, tushdagi chang, chag’ona, va nay bo’lgan to’y musibatga dalildir.

Mag’ribiyning aytishicha, ayol kishi tushida kelin bo’lganini, uni kuyovning oldiga olib borganlarini ko’rsa, umri oxiriga etganini bildiradi. Agar kuyov uni olib ketib, yaxshilik qilganini ko’rsa, xayru manfaat topishiga dalildir’.

TO’RVA VA XURJIN

– Ibn Sirin aytadiki, to’rva tushda xayru manfaat bo’ladi, xususan, yangi to’rva bo’lsa. Agar to’rvasi borligini yoki kimdir unga berganini ko’rsa, kimdandir uning uchun yaxshilik va mehribonlik etishiga dalildir. Agar to’rvalarning yo’qolib qolganini ko’rsa, ta’biri aksincha bo’ladi.

TO’TI

– Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi to’ti farzand yoki xizmatkor boladir. Agar xar kim tushida qo’lidagi to’ti uchib ketganini ko’rsa, farzandi yoki xizmatkori safarga ketishiga dalildir. Agar tushida to’ti u bilan gaplashayotganini ko’rsa, odamlarni ajablantiradigan biror so’z aytishi yoki birorta ishni qilishiga dalildir. Moda to’ti bo’yi etgan qiz, nar to’gi pokdin erkakni va pokdomon xizmatkorni bildiradi. Agar tushida to’ti uning og’zidan yoki orqa teshigidan chiqib ketganini ko’rsa, obro’yiga putur etkazadigan farzand tug’ilishiga dalildir.

Ja’far Sodiqning aytishicha, tushdagi to’ti uch narsaga dalildir: farzand yoki xizmatkor bolaga; bo’yi etgan qizga; dono shogirdga.

tushda to`y

TO’QAY PIYoZI  – Hazrati Doniyolning aytishlaricha, tushdagi gandano do’stlar doimo uni yod qiladigan kishidir.

Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi gandano harom mol hamda yoqimsiz so’z bo’ladi. Agar tush ko’ruvchi solih odam bo’lmasa, harom mol topishiga va doimo yoqimsiz so’z aytishiga dalildir. Tushda gandano eyishning hech qanday foydasi yo’q.

 

TO’QLIK   – Hazrati Doniyolning aytishlaricha, tushda suvga to’yqlik tashnalikdan afzal, nonga.to’yishlik ochlikdan afzaldir.

Kirmoniyning aytishicha, tushida o’zini to’q holda ko’rsa, behojat bo’lishiga dalildir. Agar o’zini och va zaif holda ko’rsa, gunoh va ma’siyat qilishiga dalildir.

TO’QUVChI   – Ibn Sirinning aytishicha, tushdagi to’quvchi dunyoni kezuvchi kishi bo’ladi. Agar tushida to’quvchining libos to’qiyotganini ko’rsa, bir kishi bilan oralarida jangu xusumat yuz berishiga dalildir. Chunki, mato to’qish jangu jadalga ta’bir qilinadi. Agar tushida libosni to’liq to’qiga- nini ko’rsa, g’amgin bo’lishiga dalildir.

TUSHDA ILON

 

(Visited 1 412 times, 3 visits today)

Related posts

Leave a Comment