BALIQ MUCHALI

BALIQ MUCHALI

BALIQ MUCHALI

BALIQ MUCHALI AJDARHO (BALIQ) MUChAL YILIDA TUG’ILGANLAR 1904, 1916, 1928, 1940, 1952, 1964, 1976,
1988, 2000, 2012 yillarda tavallud topganlar.

Ajdarho Sharq taqvimida salomatlik, kuch-quvvat, faollik, shod-xurramlik, yuksalish va omad ramzidir. Mazkur muchal yili koinotdan insoniyatga yaxshilik, qut-baraka in’om etilishi bilan boshqa muchallardan alohida ajralib turadi.

Ajdarho tabiatan kuchli bo’lib, insoniyatga saxovat, boylik, uzoq umr, har jihatdan mukammallik in’om etadi.

Mazkur muchal yilida tug’ilganlar irodali, keng fe’l, ziyoli va atrofdagilarga ta’sir ko’rsata oladigan xususiyatlarga ega bo’ladilar.

Ular tashabbuskor bo’lib, doimo har narsada g’alabaga erishadilar va g’olibdirlar. Mag’rur, o’zlariga ishongan bo’lib, o’zgalarni kam sevadilar, ammo doimo o’zgalar tomonidan seviladilar. Qaysar, qo’l ostidagilarga talabchan bo’lsalar-da, keng fe’lli, ehtiroslidirlar. Aqlan rivojlangan bo’lib, har qanday sohani muvaffaqiyatli o’zlashtira oladilar.

Ajdarho muchalidagilar o’ta ishonuvchan bo’ladilar va atrofidagilar bilan muloqotga kirishganlarida bir oz qo’polliklari ham bor. Shunday bo’lsa-da, do’stlari ko’p va ularga borini hadya qiladilar. Ular doimo hammanyng diqqat markazida bo’ladilar. Ularning fikr va qarashlari yaqinlari tomonidan yuksak qadrlanadi. Chunki har qanday hayotiy masalalarda o’ziga xos qarashga egadirlar.

BALIQ MUCHALIdagi erkaklar:

Sevgi bobida ularda hech bir iztirob chekish bo’lmaydi. Ularni yoqtiradiganlar ko’p, ammo o’zlari kamdan-kam hollarda sevgi dardiga mubtalo bo’ladilar. Shu bilan birga, boshqalarning baxtsizliklariga sababchi ham bo’lib qolishlari mumkin.

Ular o’z hayotini ma’shuqalarsiz tasavvur etishlari qiyin. Haddan ortiq xudbin bo’lganliklari sababli boshqalarning o’z shaxsiga alohida e’tibor berishlarini istaydilar. O’zlari uchun qandaydir hayotiy tamoyillarni o’ylab topib, boshqalarni, ayniqsa, o’z yaqinlarini ana shu tamoyillarga bo’ysundirishga, ularga amal qilib yashashga majbur qiladilar.

BALIQ MUCHALIdagi ayol(hiz)lar:
Mazkur muchal sohibalari o’zlarining ichki bir kuchi, qudrati bilan yigitlarni, erkaklarni o’zlariga sehrlab qo’yadi. Bu hayotda ularga nima va kim kerakligini juda yaxshi biladilar va har qanday ishni o’ziga munosib ko’rsalar, uni bajarishga qat’iy ravishda va astoydil kirishadilar. Shuning uchun ham ular hayotlari davomida ko’plab muvaffaqiyatlarga, ish joylarida esa hurmat-e’tiborga ega bo’ladilar.

(Visited 8 677 times, 1 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика