MAYMUN MUCHALI

MAYMUN MUChALI MUCHALLAR

MAYMUN MUCHALI

MAYMUN MUCHALI YILIDA TUG’ILGANLAR 1908, 1920, 1932, 1944, 1956, 1968, 1980, 1992, 2004, 2016 yiyalarda tavallud topganlar

Mazkur muchal yilining timsollari ko’pqirralidir. Maymun – qorong’ulik, ongsiz faollikni namoyon etib, bunyodkor yoki aksincha, buzg’unchi kuch bo’lishi mumkin. Mantiq, aql va ongsizlik chegarasida turgan kuchni qaysi yo’nalishga qaratilishi bilan bog’liq bo’lgan muchal yilidir.

Qadimdan Xitoyda maymunlarga yaxshi sog’liq, har tomonlama muvaffaqiyat va himoya vositasi sifatida qaralgan.

Maymunlar xayoliy belgi ostida tug’ilganlar sarasiga kirgan. Ular juda ham qiziquvchan va sodir bo’layotgan voqea-hodisalardan ogoh bo’ladilar.

Maymunlar o’ziga xos aqlga ega bo’lib, mustaqil bo’lishga intiladi. Ular ajoyib xotiraga egp mp kimlardir tomonidan qilingan yaxshilik yoki yomonlikni bir umr yodida saqlaydilar, hattoki, aytilgan. bir og’iz so’zni ham. Shuning uchun mazkur muchal yilida tug’ilganlar bilan xoh u yosh bola yoki o’quvchi bo’lsa ham juda ehtiyotkorlik bilan muomala qilish talab etiladi. Tartib-qoidalar ular uchun ahamiyatsizdir, hech qanday tartib-qoidalarga amal qilmay, o’z bilganlaricha hayot kechiradilar.

Maymun muchalidagi erkaklar:

mazkur muchaldagi erkaklar, atrofdagilar oldida yaxshi taassurot qoldirishni istaydilar va bunga erishadilar ham. Yaxshi xotiraga, ilmga ega bo’lib, hazil-mutoyibaga ham moyildirlar. Shuning uchun o’zgalar ishonchiga tez kiradilar. Oilada baxtli hayot kechirishlari uchun esa ularga ko’proq erkin faoliyat yuritishlariga imkon berish maqsadga muvofiq.

Mazkur muchal sohiblari xali hech kim qilmagan ishlarni amalga oshirishga va shu bilan hammani lol qoldirishga intiladilar va bu ularning qo’llaridan keladi. Maymun muchalidagi erkaklar mehnatsevar bo’lib, mansab-martabalarga u qadar intilmaydilar. O’zlari qiziqqan va egallagan sohasi, kasbi va ixtisosliklari bo’yicha yuksak muvaffaqiyatlarga erishadilar. Hayoti davomida ba’zan moliyaviy qiyinchiliklarga uchrasa-da, jamiyatda yaxshi mavqega ega bo’la oladi.

Maymun muchalidagi ayol(kiz)lar:

ular aqlli, farosatli va ziyrakdirlar. Ularning fikr va mulohazalari, o’rinli takliflari yaqinlari tomonidan yaxshi qadrlanadi. Aniq va ishonchli xatti-harakatlari

tufayli o’z maqsadlariga erisha oladilar. Mazkur muchaldagi ayol(qiz)larning qiziqish doiralari keng bo’lib, o’z g’oyalarini hayotga joriy etishga shoshiladilar.

Maymun muchalidagi ayol(qiz)lar bir narsaga juda tez qiziqib, bel bog’lab, undan tez soviydilar. Eski narsalardan voz kechib, yangi marralarni dadillik bilan egallashga harakat qiladilar. Ularning eng ishongan makoni oilasidir. Shuning uchun ham ular erta turmushga chiqib, mansab-martabalarga intilmaydilar. Farzandlari ko’p bo’lishini istab, ularga yaxshi tarbiya beradilar. Mazkur muchaldagi ayollar quvnoq va hammaning havasi kelarli darajada baxtli oila barpo qila oladilar.

 

(Visited 1 473 times, 1 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика