OT MUCHALI

OT MUChALI MUCHALLAR

OT MUCHALI

OT MUChALI YILIDA TUG’ILGANLAR 1906, 1918, 1930, 1942, 1954, 1966, 1978, 1990, 2002, 2014 yillarda tavallud topganlar
Sharq xalqlarida otlarga alohida e’tibor qara- tilgan bo’lib, hatto ular ilohiylashtirilgan, g’ayritabiiy kuchga ega, deb hisoblangan.

Otlarga xos bo’lgan «gijinglab» turish, olovdek yorqin ko’rinishi, ish qobiliyatiga ega bo’lish, chidamlilik kabi xususiyatlar insonning qo’lidan kelmaydigan jihatlardir. Shuning uchun ham mazkur muchal yilida tug’ilgan kishilarda yuqorida bayon qilingan xususiyatlar m}okassamlashgandek tuyuladi.

Sharq muchal taqvimi bo’yicha Ot – haqiqatparvarlik, adolatparvarlik ramzidir. Mazkur muchal yilida tug’ilganlar yoqimtoy, ko’pchilikni o’z ortidan ergashtira oladigan, jamoatchilikning diqqat-e’tiborida bo’lishga intiladigan, qat’iy, ko’p hollarda esa o’jar va qaysar, nohaq bo’lsalar ham o’z aytganidan, bilganidan qolmaydigan bo’ladilar. Jahllari chiqqanda otday kishnab, baland ovozda so’zlaydilar va hatto baqiradilar ham.

Ot muchalidagi erkaklar:

Ot muchalidagi erkaklar o’z juftlariga nisbatan e’tiborli, g’amxo’r va mehribon bo’lishlari bilan birga, o’zlarining mustaqilligi va erkinliklarini saqlab qolishga intilib xudbinlikka moyildirlar. Tabiatan mustaqil bo’lib, boshqalarning maslahatlariga quloq solmaydilar, garchi nohaq bo’lsalar-da, o’z bilganlaricha va o’ylaganlaricha ish ko’radilar. Ularning ijobiy jihatlari: mehnatsevar, haqiqatgo’y va latofatlidirlar. Ot muchalidagi erkaklar oila qurganlarida oila timsolidagi kichik bir dunyoning to’la hukmdori bo’lishni va bu dunyo uning hukmi ostida aylanishini istaydilar.

 

Ot muchalidagi ayol(qiz)lar:

Ot muchalidagi ayol(qiz)lar xushbichim, istarasi issiq va jozibador bo’ladilar. Ular aqlli, o’qimishli, kirishimli, yaxshi suhbatdosh bo’lib, san’at asarlarini yaxshi tushunadilar.
Mazkur muchal sohibalari o’zlarining tashqi ko’rinishlariga, qomatlariga hamda kiyinishga e’tiborli bo’lib, sayru sayohatlarni sevadilar.

Ot muchalidagi ayol(qiz)lar o’zlari bilan teng yoki yuqori tabaqadagi oiladan umr yo’ldosh qidiradilar. Sevgi bobida juda ham jo’shqindirlar. O’z sevgilisiga etishishi uchun har qanday ishdan yoki erishgan mavqeidan voz kechib, bor kuch-g’ayratlarini ishga soladilar. Ulardagi bunday xususiyat ko’p hollarda baxtsiz hodisalarga ham olib kelishi mum- kin. Bunday xususiyatini etarlicha qadrlay olmagan kishi Ot muchalidagi ayol(qiz)larga ozor etkazishlari mumkin. Buning oqibatida ular boshqalarga ishonmay qo’yadilar. Ot muchalidagi ayol(qiz)lar faqat og’ir-bosiqlik bilan o’z baxtini topishlari mumkin.

Shark, muchal yillari ta’biriga ko’ra, Ot muchali ham har 60 yilda o’zining besh unsur bo’yicha xususiyatlariga ega bo’ladi. Bular quyidagilardan iborat.

1. Metall unsuridagi Ot muchal yillari: 1930, 1990, 2050 yillar.
Mazqur muchal yilida tavallud topganlar abjir, dadil, mardonavor, qat’iy, to’g’ri va dangal bo’ladilar. Ular izzattalab bo’lib, o’z bilganlaricha ish tutishni yoqtiradilar.

 

(Visited 3 926 times, 1 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика