TOVUQ MUCHALI

TOVUQ MUCHALI MUCHALLAR

TOVUQ MUCHALI

TOVUQ MUChALI YILIDA TUG’ILGANLAR 1909, 1921, 1933, 1945, 1957, 1969, 1981, 1993, 2005, 2017 yshtarda tavallud topganlar

Mazkur muchal yili Xitoy ierogliflarida ulkan daraxt shaklida belgilangan va u nurafshon tong, bahor hamda Sharq degan ma’nolarni o’zida mujassam etgan.

Daraxt esa yashnash va yasharish, yaratish ishtiyoqining kuchayishi, rivojlanish va intilish larning a’lo samarasi sifatida tavsiflangan. Tovuq muchal yili qatiyatli kishilarga muvaffaqiyatlar keltiradi.

Qadimgi manbalarda Tovuq muchal yili yangilanish, o’zgarishlar yili deb ham yuritilgan. Zero, Tovuq muchalida tavallud topgan kishilarning ko’pchiligi ushbu yilda kiyinishdan tortib, odamlar ichida o’zlarini tutish, ovqatlanish va hattoki so’zlashish uslublarida ham yangi qiyofa kasb etishadi.

Qadimgi Xitoy manbalarida qayd qilinishicha, tovuq (xo’roz) – mag’rur, o’ziga ishongan va hamisha xushkayfiyatda yuradigan kishilar timsoli.

TOVUQ MUCHALI dagi erkaklar:

ho’roz kabi savlat to’kib yuradilar. Yon-atrofidagilar e’tiborini tortadigan darajada did bilan kiyinadilar. O’zlarini mutlaqo haqman, deb biladilar. Mazkur muchal sohiblari qilayotgan ishlari mohiyatini va uning oqibatini yaxshi bilishadi.

O’zlariga bino qo’yishlarining sababi ham shunda. Haqiqatan ham Ko’p hollarda ular haq bo’lib chiqadilar. Aql-zakovatlari tufayli tevarak-atrofdagi odamlarda ularga nisbatan qiziqish uyGonadi. Ularga maqtanchoqlik ham xosdir. Ko’p ishlab toliqadilar va toki salomatliklarini tiklamagunlaricha hech narsaga qo’li bormaydi. Fikru xayollari faqat o’z salomatliklarini qanday qilib bo’lmasin, tiklash haqida bo’ladi. Bu esa o’zlariga jidtsiy e’tibor bilan qarash kerakligini anglatadi.

Tovuq muchalidagi erkaklar ayollarga alohida e’tibor bilan qaraydilar va ega bo’lishni bir umr orzu qilib yashaydilar. Ularning ichida bu orzuga erishganlar ham talaygina. Ko’proq ayol(qiz)lar davrasida bo’lish instinkti kuchli. Hayotlari davomida moliyaviy-iqtisodiy, shon-shuhrat va sevgi-muhabbat sohalarida yaxshi kunlarni ham, mahzun kunlarni ham boshla- ridan kechiradilar.

TOVUQ MUCHALI dagi ayol(kiz)lar:

mazkur muchal sohibalari go’zal, tarovatli, orzu-havasli, nozik ta’blidirlar.
Tovuq muchalidagi ayol(qiz)lar o’z uyi, oilasi bo’lishini orzu qiladilar. Ammo sevimli yorni izlab topishda qiyinchilikka duch kelishadi. Chunki ularning jo’shqinligi ko`p.

Ular juda yosh chog’laridanok, kelajak hayotini to’la tasavvur etadilar va ko’zlagan maqsadi sari tinimsiz intiladi va mehnat qiladilar.

Olov unsuridagi Tovuts muchal yilida tpugilganlar taktik jihatdan to’gri yo’lni tanlamorgari va yahinlarining hissiyotlarini tushunishga harakat hilmohlari tavsiya etiladi.

TOVUQ MUCHAL HAQIDA

(Visited 2 520 times, 1 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика