IT MUCHALI
IT MUCHALI YILIDA TUG’ILGANLAR 1910, 1922, 1934, 1946, 1958, 1970, 1982, 1994, 2006, 2018 yiyalarda tavallud topganlar
Qadimgi Xitoyda va boshqa ko’plab Sharq xalqlarida itlar qora kuchlarni, insu jinslarni quva oladigan, insonga sadoqat bilan xizmat qiladigan uy hayvoni sifatida qadrlanib kelingan. Xalqimiz Zftasida «It vafo, xotin jafo», degan mubolag’ali naqlning keng tarqalganligi ham bejiz emas.
Yana shunday naql borki, itlar o’z egalariga boshqa uy hayvonlaridan (masalan, mushuklardan) farqli «yaxshi niyatli» uy hayvoni sifatida ham qarab kelinadi. Xalqimizda bu jonivorning odamlarda bo’lmaydigan ko’plab «xislatlari» to’g’risida ham rivoyatlar, hikoyalar keng tarqalgan. It o’z egasiga bir umr sadoqat bilan xizmat qiladi, hech qachon xiyonat qilmaydi va kerak bo’lsa, o’z egasidan jonini ham ayamaydi.
It muchalidagi erkaklar: mazkur janoblar o’z hayotlari davomida ishqiy munosabatlarda ko’plab qiyinchiliklarga duchor bo’lishadi. Oila qurgach, bir oz bosiladilar. Mazkur muchaldagi erkaklar bir tomondan oilaga, farzandlarga juda bog’langan bo’lsalar, boshqa tomondan esa o’zgalar bilan ham yurish holatlari uchraydi.
Ular rahbar lavozimlarida ishlashni ham uddalaydilar. Moddiy hayot ne’matlari, to’kin-sochinliklarsiz kuni o’tsa ham o’z hayoti uchun doimo mablag’ topa olishiga ko’zlari etadi.
It mzdchalidagi erkaklar uchun eng muhimi, o’z oldiga ko’ygan maqsadidir. Erishish mumkin bo’lmagan maqsad-vazifalarni ham bajarishga tirishadilar. Aslida bu vazifalarni uddalash juda qiyin kechadi yoki mutlaqo bajara olmaydilar. Shuninguchun ular ba’zida ma’yus bo’ladilar.
Ularning baxtli bo’lishlari uchun, eng avvalo, oilaviy hayotini to’g’ri yo’lga solishlari, o’zlariga munosib, muchal va burjlari uyg’un tushadigan jufti halollarini to’g’ri tanlashlari lozim. Shu muammoni maqbul ravishda echa olsa, o’z oila a’zolariga sodiq bo’lib, chetdagi tuzoqlarga tushmaslikka harakat qil- sa, boshqa muammolar o’z-o’zidan hal bo’lib ketaveradi va barcha sohalarda omadlari keladi. Chunki o’ziga munosib umr yo’ldoshining ma’naviy qo’llab-kuvvatlashi ular uchun muhim hayotiy ahamiyatga ega.
Itmuchalidagi ayol (tsiz)lar: o’zlarining go’zalliklari va o’z yaqinlariga, oila a’zolariga sadoqatli ekanliklari bilan ajralib turadilar. Ular bilan yaqindan tanishsangiz dilbar, kuvnoq ekanliklariga amin bo’lasiz. Shuningdek, ular aqlli, izzattalab, vafodor bo’ladilar.
Aynan ana shu ayol(qiz)larda haqqoniylik yaxshi rivojlangandir. Bunday ayol(qiz)lar har bir jamoada topiladi. Mazkur muchal sohibalari o’zlari yoqtirib, turmushga chiqsalar, o’z juftlariga bir umr vafodor bo’ladilar. Ular ishga ham, uy ishlarini bajarishga ham, tozalik va tartib-intizomni ham joy- joyiga qo’ya oladilar.