TONGIZ MUCHALI

TONGIZ MUCHALI

TONGIZ MUCHALI

TONGIZ MUCHALI YILIDA TUG’ILGANLAR 1911, 1923, 1935, 1947, 1959, 1971, 1983, 1995, 2007, 2019 yillarda tavallud topganlar

Sharq muchal taqvimida to’ng’iz ochko’z, iflos mahluq sanalib, qo’lga o’rgatilgandan so’ng hosildorlik, odamlarga naf keltiradigan, erlik quvvati va baxt-saodat ramzi sifatida qarab kelingan.

To’ng’iz muchal yili – Sharq muchal taqvimiga ko’ra, odamlarga xayrli, yaxshilik keltiradigan yil hisoblanadi. To’ng’iz – vijdonlilik, tug’rilik ramzi bo’lib ham sanaladi. O’zining tinchliksevarligi, haqqoniyligi, yumshoq xarakteri bilan ajralib turadi.

Mazkur muchal yilida tug’ilganlar mard, sodda, tinchliksevar, odob-axloqqa rioya etadigan, xushmuomala bo’ladilar va ular halovatni, to’kin hayot kechirishni yoqtiradilar. To’ng’iz muchalidagilar jamiyatda umum qabul qilgan axloqiy normalarga qat’iy bo’ysunib yashashga intiladilar. Ularga ishonsa bo’ladi. Do’stlarga xiyonat qilmaydilar, yaqinlarining fe’l-atvorlariga sabr qilib, ularning yo’l qo’ygan xato va kamchiliklarini kechiradilar. Do’stlari kam bo’lsa-da, chin o’rtoq bo’ladilar va ular uchun jonlarini fido qilishga tayyor turadilar. Mazqur muchal sohiblari birovlarni hech qachon aldamaydilar.

To’ngiz muchalida tugilgan erkaklar:

ular o’z zamondoshlari o’rtasida juda ham mashhur bo’lib, oila qurishga qadar ko’plab sevgi sarguzashtlarini boshlaridan kechiradilar. Oila qurishi bilan o’z juftiga bir umr vafodor bo’lib qoladilar. Uyda qulay shart-sharoit, shinamlikni yoqtiradilar.

Mazkur erkaklar quvnoq, haqiqatparvar, do’stlashuvchan, murosa qiluvchi bo’ladilar. Ular sayohat qilishni yoqtiradilar. Xorijiy tillarni ham tez o’zlashtirish qobiliyatiga ega. Pul ishlab topish ular uchun cho’t emas. Ammo katta yutuqqa intilib, boridan ayrilib qolish ehtimoli ham bor. Hayotda boshqa qarindoshlariga nisbatan omadlidirlar.

To’ngiz muchalida tugilgan ayol(qizlar):

ajoyib uy bekalari va pazandadirlar. Ushbu muchal yilidagi umr yo’ldoshingiz sizni chindan ham sevsa, hech qachon gap qaytarmaydi. Odatda, to’ng’iz yilida tug’ilganlar moddiy jihatdan ta’minlangan bo’ladilar.

O’zi va oilasi uchun zarur bo’lgan barcha narsalarga ega bo’ladilar. Ularning ishtahalari ham yaxshi bo’ladi. Mazkur muchal yilida tug’ilganlarni ko’pchilik yoqtiradi.

Sharq muchal yillari ta’biriga ko’ra, To’ng’iz muchali ham qar 60 yilda o’zining besh unsur bo’yicha xususiyatlariga ega bo’ladi. Bular quyidagilardan iborat.

1. Metall unsuridagi To’ng’iz muchal yillari: 1911, 1971, 2031 yillar.
Mazkur muchal yilida tug’ilganlar boshqa muchaldoshlariga nisbatan izzattalab, serg’ayrat, maqsad sari intiluvchan va ko’plab sohalar bo’yicha faoliyat yurita oladigan bo’ladilar. O’ziga xos qarashlarga ega bo’lib, ishonuvchan, hazil-mutoyibaga moyildirlar.

(Visited 5 799 times, 1 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика