ILON MUCHALI

ILON MUChALI

ILON MUCHALI

ILON MUCHALI YILIDA TUG’ILGANLAR 1905, 1917, 1929, 1941, 1953, 1965, 1977, 1989, 2001, 2013 yillarda tavallud topganlar

Ilon Sharq muchali solnomasida donolik, donishmandlik timsolidir. Ayrim sharq xalqlari esa ilonga sig’inadilar ham.

Ko’hna Yaqin Sharq udumlarida, xususan, Ishtar-Astart (qadimgi suriyaliklar, finikiyaliklarning dostonlaridagi hosildor er saxovati va sevgi ma’budi hisoblangan) ma’budi timsolida ilon shakli aks ettirilgan.

Aynan ana shu timsol qadimgi yunonlarning Afrodita (qadimgi yunon mifologiyasidagi sevgi va go’zallik ma’budi) timsolidagi ma’budining shakllanishiga ta’sir qo’rsatgan.
Qadimgi Xitoyda Ilon – juda ayyor, o’ta xavfli sanalgan bo’lsa ham, unga nisbatan hurmat bilan qaralgan. Qadimgi Sharq xalqlarida ham ilonlarga juda ehtiyotkorlik bilan munosabat bildirilgan va ularning fe’l-atvorini oldindan payqash qiyin bo’lgan

Ilon muchalidagi erkaklar:

mazkur muchal yilida tug’ilgan erkaklar juda ham hissiyotli, yoqimli bo’lib, o’zlariga umr yo’ldosh tanlashda uzoq vaqt sarf qiladilar. Qizg’in va jo’shqin shaxsiy hayot kechirishib, bir kun kelib oila qurganlarida halovat topadilar.

O’z tabiatlariga ko’ra, rashkchi ekanligi sababli ularning umr yo’ldoshlariga oson bo’lmaydi. Hazil-mutoyibaga ham moyilliklari bor.

Ilon muchalydagi erkaklarda boshqalarni o’zlariga maftun qilib, sehrlab olish hususiyati mavjud. O’z «o’ljasini» juda tez yo’ldan ura oladilar. Mazkur muchal sohiblari tashqaridan qo’llab-quvvatlanishga o’rgangani sababli keyinchalik, ya’ni uni qo’llovchilar topilmay qolganda qiyinchiliklarga uchraydilar.

Shuning uchun ular o’zlariga munosib umr yo’ldoshi tanlamoqlari joiz. U tanlagan ayol yoki qiz nafaqat muchal va burjlari bilan, balki ma’lumoti, moddiy ta’minlanganligi bilan ham mos kelmog’i lozim. Mazqur maslahatimizni mensimay, e’tiborga olmasalar, hayotda qo’p iztirob va zarbalarga duchor bo’ladilar.

Ilon muchalidagi ayol(Qiz)lar:

mazkur muchal sohibalari, g’ayriodatiy xususiyatlarga ega bo’lib, nozik ta’b, takrorlanmas tashqi qiyofaga ega bo’ladilar. Har doim do’stlari va hamfikrlari qurshovida bo’ladilar. Ilon muchalidagi ayol(qiz) lar har qanday erkakni o’zlariga rom qila oldilar. Ularning qiziqish doirasi keng bo’lib, do’stlari va yaqinlariga aqlli maslahatlar bera oladilar. Tabiatan og’ir-vazmin, xotirjam bo’lib, shaxsiga bog’liq ishlarni o’zgalardan sir tutadilar.

Shunisi e’tiborliki, Ilon muchalidagi ayol(qiz) lar, umr yo’ldoshini o’zlari tanlasalar-da, qo’p holda, bu tanlov omadsiz bo’ladi. Bunday holda oilaga bog’lanib qolgan Ilon ayollar tashqaridan o’zlariga yupanch qidira boshlaydilar. Oilada, albatta, etak- chilik qilib, o’zlarini himoya qilish insktinkti hamda biror bahona bilan juftiga nisbatan «vi- shillab», zahrini ham sochib turadilar. O’zlari o’rnatgan tartib-qoidaga xilof ish qilinsa, toqat qila olmaydilar.

(Visited 2 313 times, 1 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика