QUYON MUCHALI
QUYON MUCHALI YILIDA TUG’ILGANLAR 1903, 1915, 1927, 1939, 1951, 1963, 1975, 1987, 1999, 2011 yillarda tavallud topganlar.
Quyon muchali Sharq taqvimida xotirjamlik ram- zidir. Mazqur muchal yilida tug’ilganlar o’zlariga xos xislatlarga ega bo’lib, qobiliyatli, izzattalab, sodtsa, kamtarin, sipo, bosiq, kamsuqum, ochiqko’ngil, saxovatli va barchaga yoqimli bo’ladilar.
Ular nozik did egalaridir. Ko’pchilik orasida bo’lishni yoqtiradilar va ularni hamma yoqtirib, qabul qiladi. Ular qo’pchilikning olqishidagi, ishonchidagi odamlardir.
Quyon muchalida tug’ilganlar o’ta sezgir bo’lib, boshqalarning mushkulini hech qanday manfaat talab qilmasdan engillashtirishga urinadilar.
QUYON MUCHALIdagi erkaklar:
Quyon muchalida tug’ilgan erkaklar – tabiatan ishbilarmon, tadbirkor bo’ladilar. Ular tadbirkorlik ishlarida uddaburon bo’lib, pul ularni «yaxshi ko’radi». Mazkur muchaldagilarning eng katta kamchiligi: maishatga, ichkilikka berilishidir. Ba’zilari haddan ortiq ichkilikka, maishat, ulfatchilik qilishga berilishi oqibatida ulardagi bor qobiliyat, iste’dod ham yo’qqa chiqadi.
QUYON MUCHALIdagi ayol(k;iz)lar:
Machkur ayollar qulay sharoit tug’ilishi bilanoq o’zlarining madaniyatini, qobiliyatini namoyon qila boshlaydilar. O’zlari yoqtirgan soha, mutaxassislikni yoki biror predmetni qunt bilan o’rganadilar va olgan bilimlari, iste’dodi bilan atrofidagilar o’rtasida yarq etib ko’zga tashlanishga mushtoqdirlar.
Hayot uchun yanada muhimroq bo’lgan boshqa jihatlarni esa mutlaqo anglamasliklari mumkin.
Quyon muchalidagi ayol(qiz)lar do’stlashuvchan, oila a’zolariga nisbatan g’amxo’r, mehribon, jonkuyar va og’ir-bosiq bo’ladilar.
Og’ir uy ishlarini bajarishlari bilan kitob o’qishga va do’stlarining ko’nglini olishga ham vaqt topa oladilar. Ularda nozik ta’b, hazil-mutoyibaga moyillik va artistlik qobiliyati ham yaxshi rivojlangandir.
Sharq muchal yillari ta’biriga ko’ra Quyon muchali ham har 60 yilda o’zining besh unsur bo’yichi kusus nntlariga ega bo’ladi. Bular quyidagnlardan nborat.
1. Metall unsuridagi Quyon muchal yillari: 1951, 2011, 2071 yillar.
Ushbu muchalda tug’ilganlar qobiliyatli, harakatchan va izzattalab kishilardir. Hayotda nimaga erishish zarurligini juda yaxshi biladilar. Tezkor fikr yuritib, juda ham ziyrak bo’lganliklari holda ayyorliklari ham yo’q emas. Hayotning murakkab va xavf-xatarga to’la so’qmoqlarida tavakkal ishlarga ham ikkilanmasdan jur’at qila oladilar va omadlidirlar. Oldi-sotdini, biznesni, pulni pulga urishtirib, daromad qilishni xush ko’radilar. Yoshliklarida ko’p pul topadilar va serxarjdirlar. Etti yot begonalarga ham hotamtoylik qilib, o’z yaqinlari bilan esa hisoblashib, muomala qiladilar.