SICHQON MUChALI YILIDA TUG’ILGANLAR

SICHQON MUChALI

SICHQON MUChALI YILIDA TUG’ILGANLAR

SICHQON MUChALI YILIDA TUG’ILGANLAR 1924, 1936, 1948, 1960, 1972, 1984, 1996, 2008 yillarda tavallud totailar.

Sichqon muchali yilida tug’ilganlar xarakteriga xudbinlik, o’z huzur-halovatini ko’proq ko’zlash xos bo’lib, o’z juftining hissiyotlari, qiziqishlari va ehtiyojlari bilan u qadar ishlari yo’q.

Tasodifiy uchrashib qolgan ayol bilan esa faqat jismoniy va jinsiy ehtiyojini qondirish bilangina cheklanadi. Haqiqiy sevganini uchratmagunicha tinchimaydi. Chin muhabbati orqaligina o’zligini namoyon etadi. Shundagina u muloyim va ta’sirli bo’la oladi.

Sichqon yilida tug’ilganlar tashqi ko’rinishlaridan yoqimtoy bo’ladilar. O’zlarining hayoti davomida maqsad sari intiluvchan, tartibli, tejamkor, mehnatsevar, o’zining xuso’siy mulkiga, boylikka ega bo’lishga intiladilar. Sevgan kishisiga esa saxiy bo’ladilar.

O’zlarini boshqara olsalar-da, tez g’azablanadigan bo’ladilar. Hayotiy, turmush yumushlarida anchayin maydakash va izzattalabdirlar. Hayoti davomida o’z maqsadlariga erishadilar. Ular halol-pok va vijdonli kishilardir.

Sichqon muchalida tug’ilganlar o’z davrining hurmatli kishilari sanaladilar. Ushbu muchal yilida tavallud topganlar hokimiyatga intiluvchi, ayyor, mansab pillapoyalarining eng yuqori cho’qqisiga intiluvchan bo’ladilar.

O’z maqsadiga etishlari uchun hech qachon to’g’ridan-to’g’ri harakat qilmaydilar, balki eng qisqa va xavfsiz yo’lni tanlaydilar.

Ularning ichida ahmoqlari deyarli bo’lmaydi. Aqliy jihatdan yaxshi rivojlangan bo’lib, ehtirosga berilmaydilar.

Shuning uchun ular atrofidagi yoru do’stlari, oila a’zolari va qarindosh-urug’larining his-tuyg’ularini u qadar tushuna olmaydilar.

Hayotda allaqachon foydalanilmay qolgan narsalarini ham ehtiyotlab, saqlaydilar. O’zlari uchun zarur bo’lgan narsalar uchun esa ayamay pul sarf qilishga qodirlar.

Sevgi-muhabbat bobida ular xudbinlikka moyildir. Mazkur muchaldagilar bilan turmush qurganlar hech qachon nochor ahvolga tushmaydilar, chunki ularning uyida doimo zarur egulik va pul bo’ladi.

(Visited 2 533 times, 1 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика