SIGIR MUCHALI

BUZOQ MUChALI MUCHALLAR

Sigir muchali yilida tug’ilganlar

SIGIR MUCHALI 1925, 1937, 1949, 1961, 1973, 1985, 1997, 2009 yillarda tavallud topganlar
Sigir muchalida tug’ilganlar mehnatkash, oilaparvar va vatanparvar bo’ladilar. Yolg’izlikni, barqarorlikni sevib, hayotiy o’zgarishlarni xush ko’rmaydilar. O’z ishiga, do’stlariga hamda o’z yoriga mehrli bo’ladilar.

Ushbu muchal yilida tug’ilgan sinfdoshlar, tengqurlar o’zaro uzoq yillar davomida do’stlik rishtalarini mahkam bog’lagan holda tez-tez diydorlashib turadilar.

Sigir muchalida tug’ilganlarni boshlagan ishi yoki yo’lidan to’xtatib qolish, ushlab qolish yoki o’rnidan ko’zg’atish qiyindir.

Ular tabiatan juda katta ichki quvvatga, qaysarlikka ega bo’ladilar. Shuning uchun ular o’z maqsadlari sari dadil qadam tashlaydilar va mehnatkash bo’ladilar. Hayotning murakkab muammolari oldida esankiramaydilar. Balki barchasini sabr-toqat bilan bartaraf etib boradilar. Ko’p mehnat qiladilar, ammo doim ham muvaffaqiyatga erishavermaydilar.

Sigir muchalidagi erkaklar:

Mazkur muchal yilida tug’ilgan erkaklar ko’proq yolg’izlikni yoqtiradilar. Boriga shukur qilib, uyidagi shart-sharoitni o’zgartirishga xohishlari yo’q. Xarakterlariga ko’ra, ko’proq eskiliktarafdorlaridir. ‘Qizlarning kalta yubka, shim kiyib, qornini ochib yurishlari, o’g’il bolalarning soch o’stirib yurishlari kabi holatlarga toqat qila olmaydilar. Oilaning asosiy boquvchisi sifatida tinim bilmay mehnat qiladilar. Ularning jahlini chiqara ko’rmang! Aks holda holingiz voy bo’ladi.

Sigir muchalidagi ayol(kiz)lar:

Mazkur muchal yilida tug’ilgan ayol(qiz)lar juda ham ochiqko’ngil va sezgir bo’ladilar. Har qanday ishda ularga ishonsa bo’ladi. O’z uylarini sevganliklari uchun yashash joyini doimo shinam va ko’rkam qilishga intiladilar. Ushbu muchalda tug’ilgan ayollar o’z oilalari uchun jon kuydiradilar. Farzandlarini qattiqqo’llik bilan boshqaradilar.

Sigir muchalida tug’ilgan ayol(qiz)lar yuksak darajadagi uy bekasi bo’lib, oilasi, bolalari va turmush o`rtog’i uchun bor kuchi, sa’y-harakatini ayamaydi. Hayotdagi qiziqish doirasi u qadar ham keng bo’lmasa-da, o’z oilasiga bo’lgan sadoqatiga havas qilsa arziydi.

(Visited 2 074 times, 1 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика