YOLBARS MUCHALI

ARSLON MUChALI MUCHALLAR

YOLBARS MUCHALI

YOLBARS MUCHALI YILIDA TUG’ILGANLAR 1902, 1914, 1926, 1938, 1950, 1962, 1974, 1986, 1998, 2010 yitarda tavallud topganlar.

Qadimgi Xitoyda o’zining hayotiy quvvati, kuchi bilan Yo’lbarslar erkaklik ibtidosi, ya’ni «Yan», oq Yo’lbars esa ayollik ibtidosi «In» hisoblanib, kuz va g’arbning timsoli bo’lgan. Qadimgi sharq xalqlarida Yo’lbarslarga yovuz kuchlarni, insu jinslarni quva oladigan quch timsoli sifatida qaralgan. Shuning uchun ularning haykalchalari yasalib, kirish eshiklariga o’rnatilgan.

YOLBARS MUCHALIdagi erkaklar:

Yo’lbars yilida tavallud topgan erkaklar – yarq etib ko’zga tashlanadigan, ehtirosli, jo’shqin va kuchli shaxslar sanaladilar. O’zlari yashab turgan jamiyat bilan doimiy kurashda bo’ladilar. Jamoatchilik ishlariga usta bo’lib, o’z oilasini barpo etishda ham o’rnak ko’rsata oladilar. O’z tabiatlariga ko’ra, ular cho’rtkesar, o`jar, o’z fikrida qat’iy tura oladigan, qaysar va kurashchandirlar. Ba’zan esa maydakash hamdirlar. Ular boshqa birovlarga ishonmaydilar, tavakkalchiliklari ham bor. Pul bilan bog’liq masalalarga u qadar qiziqmasalar-da, o’z boyliklarini tejab-tergab sarf qilishni yaxshi biladilar.

YOLBARS MUCHALIdagi ayol(qiz)lar:

odatdagi hayot, turmush ularning joniga tegadi va ko’plab hayotiy sarguzashtlarni boshlaridan kechirishlariga to’g’ri keladi. Bunday hayot kechirish doimo ham ko’ngildagidek oqibatlarga olib kelavermaydi. Oilada ham o’zlarining erkinliklarini saqlab qolishga intiladilar.

Mazkur muchal sohibalari erkaklardagi qat’iylik va o’zlariga bo’lgan ishonchni qadrlaydilar. Eskicha qarashlarni, ayniqsa, ayollarni ikkinchi darajada ko’rsatadigan tartib-qoidalarni yoqtir- maydilar.

YOLBARS MUCHALI
Yo’lbars muchalidagi ayol(qiz)lar sevgi bobida juda ham jo’shqin va qizg’in bo’lib, umr yo’ldoshidan o’ziga nisbatan munosib ravishda munosabatda bo’lishni talab etadilar. Mabodo, tanlagan juftlari xiyonat qilsa, ularni burdalab tashlashga tayyordirlar.

Ushbu muchadda tavallud topgan ayol(qiz)lar chukur hissiy kechinmalarga ega va o’z yoriga sadoqatli bo’lib, ulardagi bunday xislatni uyg’ota olmoq zarur bo’ladi. Ana o’shanda ular o’z turmush o’rtog’iga nisbatan bir umrlik sadoqatli yor bo’lib, butun hayotini sizga bag’ishlaydi.

Oilada Yo’lbars ayol bag’rikeng, saxiy, oilaparvar bo’lib, ro’zg’or ishlarini ham uddalaydi, mehmon kutishni ham qoyillatadi.

Mazkur muchal sohibalarining ta’lim-tarbiya sohasidagi qobiliyatlari, iste’dodi bo’lib, ularning qo’l ostilarida tarbiyalanayotgan yuquvchilar o’zlarini baxtli, har tomonlama erkin his etishlari bilan birga, havas qilarlik darajada tarbiya oladilar.

Sharq muchal yillari ta’biriga ko’ra Yo’lbars muchali ham har 60 yilda o’zining besh unsur bo’yicha xususiyatlariga ega bo’ladi. Bular quyidagilardan iborat.

(Visited 3 711 times, 1 visits today)
TUSHDA
Оцените автора
Tush tabirlari mukammal sayt
error: Content is protected !!
Яндекс.Метрика